Logo

"Election-times": O'zbekiston Markaziy Osiyoning yangi sanoat davrining tabiiy integratsiya markaziga aylanmoqda

Noyabr 19, 2025. 16:22 • 3 daq

32
"Election-times": O'zbekiston Markaziy Osiyoning yangi sanoat davrining tabiiy integratsiya markaziga aylanmoqda

ISLOMOBOD, 19-noyabr. /"Dunyo" AA/. Pokistonning yetakchi "Election-times" elektron nashrida "Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi: investitsion va sanoat hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi huquqiy baza asosan erkin savdo, o'zaro investitsiyalarni himoya qilish va ikki martalik soliqqa tortishni oldini olish to'g'risidagi hukumatlararo bitimlarga asoslanadi.

"Ushbu hujjatlar tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar, qo'shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish va savdodagi to'siqlarni bartaraf etishni ta'minlaydi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tuzilgan hukumatlararo komissiyalar aniq yechimlar ishlab chiqishning samarali maydonlariga aylangan bo'lsa, bosh vazirlar va tegishli vazirlarning muntazam yig'ilishlari yangi loyihalar ishga tushirilishiga hamda sanoat kooperatsiyasining modernizatsiyasiga xizmat qilmoqda", – deyilgan "Election-times" nashrida.

Pokiston OAV yozganidek, Qozog'iston O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi yetakchi hamkori bo'lib qolmoqda. 2025-yil yanvar – sentyabr oylarida ikki davlat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3,48 milliard AQSh dollariga yetdi (+15,5%). Eksport 1,06 milliard, import esa 2,42 milliard dollarni tashkil etdi. Savdo aloqalarida erkin savdo rejimi amal qiladi, bu esa tovar va xizmatlar harakatining faolligini ta'minlaydi.

Shuningdek, materialda so'nggi yillarda O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi munosabatlar strategik hamkorlik darajasiga chiqqani e'tirof etilgan. O'zbekistonning Qirg'izistonga eksporti to'qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi, qurilish materiallari hamda mashina va uskunalarni o'z ichiga oladi.

"Tojikiston O'zbekistonning muhim iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Davlatlar o'rtasida erkin savdo to'g'risidagi bitim amal qiladi, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiya esa sanoat va infratuzilma sohalaridagi loyihalarni muvofiqlashtirmoqda. 2025-yil yanvar–sentyabr oylarida tovar ayirboshlash hajmi 571,3 million dollarga yetdi (+17,6%). Eksport 406,3 million, import esa 165 million dollarni tashkil etdi", – deb yozilgan manbada.

Ta'kidlanishicha, O'zbekiston Turkmaniston bilan iqtisodiy hamkorlik barqaror rivojlanayotgani, sanoat, energetika va logistika sohalarida aloqalar kengayayotganiga e'tibor qaratilgan.

Maqola muallifi ko'ra, Markaziy Osiyo rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida bu tendensiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Asosiy e'tibor – barqaror o'sishni ta'minlash, "yashil" loyihalarni amalga oshirish va mintaqaning texnologik modernizatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan. Sanoat va investitsiya sohasidagi hamkorlik mintaqaning mustaqilligi va raqobatbardoshligini mustahkamlashning muhim vositasiga aylanmoqda.

"Markaziy Osiyo davlatlarining o'zaro ishonch va pragmatizm asosidagi birlashuvi butun mintaqa uchun mustahkam iqtisodiy poydevor yaratmoqda. O'zbekiston esa qo'shma taraqqiyot g'oyasini ilgari suruvchi sifatida Markaziy Osiyoning yangi sanoat davrining tabiiy integratsiya markaziga aylanmoqda", – deyilgan material xulosasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish