"Hello Magyar": O'zbekiston iqlim o'zgarishlari va uning oqibatlariga qarshi kurashishda faol qatnashmoqda
Iyul 16, 2025. 17:37 • 2 daq
• 20
BUDAPESHT, 16-iyul. /"Dunyo" AA/. Vengriyaning "Hello Magyar" portalida "Tabiatga befarq qolishga haqimiz yo'q" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekiston oldida turgan global ekologik va iqlimiy muammolar batafsil yoritilgan. Asosiy e'tibor Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan "yashil rivojlanish" strategiyasi va mintaqaviy ekologik hamkorlik tashabbuslariga qaratilgan.
Ta'kidlanishicha, iqlim o'zgarishi oqibatida so'nggi paytlarda Markaziy Osiyoda harorat oshishi, suv tanqisligi, muzliklar erishi va cho'llanish jarayonlari kabi xavf-xatarlar jiddiy tus olmoqda. "Jahon meteorologiya tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, bu hudud global o'sish sur'atiga nisbatan ikki barobar tezroq isib bormoqda, bu esa gidroenergetika va qishloq xo'jaligiga jiddiy tahdid solmoqda", – deyilgan materialda.
Qayd etilishicha, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo – Xitoy" ikkinchi sammitidagi ma'ruzasida ishtirokchilar e'tiborini iqlim o'zgarishlari bilan bog'liq muammolarga qaratdi.
"Mintaqa davlatlarining barqaror rivojlanishi yo'lidagi eng muhim muammolardan biri iqlim o'zgarishidir. Xitoyning atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha ilg'or tajribasini qabul qilish ushbu inqiroz bilan bog'liq xavf va tahdidlarni kamaytirishga yordam beradi. 2030-yilgacha "Yashil rivojlanish" dasturini qabul qilish va amalga oshirishni jadallashtirish zarur", – deb yozgan muallif.
Vengriya OAV ta'kidiga ko'ra, O'zbekiston rahbari cho'llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, qurg'oqchil va cho'l hududlarida ekotizimlar barqarorligini oshirishga qaratilgan muloqot va sheriklik uchun Mintaqaviy ekologik alyans tuzishni taklif qildi.
Maqolada suv tanqisligi va atrof-muhitning degradatsiyasi butun dunyoda, xususan, O'zbekiston, Qozog'iston va Turkmanistonda jiddiy ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, suv resurslarini tejash, samarali boshqaruv, eko-texnologiyalarni joriy qilish, qishloq xo'jaligida muqobil usullardan foydalanish kabi choralar dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.
Maqola xulosasida, "2030-yilgacha "Yashil rivojlanish" dasturini amalga oshirish, Mintaqaviy ekologik alyansni tuzish O'zbekiston va butun mintaqaning barqaror va farovon kelajagini ta'minlash yo'lidagi asosiy qadamdir. Ushbu tashabbuslar iqtisodiy o'sishga yordam beradi, hayot sifatini oshiradi va atrof-muhitni muhofaza qiladi", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida