Logo

"La Nazione" gazetasi: Jahon chempionatiga yo'llanma shunchaki sport sohasidagi muvaffaqiyat emas, balki O'zbekistonning xalqaro maydondagi o'rnini tasdiqlashning kuchli vositasidir

Iyun 15, 2025. 14:17 • 2 daq

51
"La Nazione" gazetasi: Jahon chempionatiga yo'llanma shunchaki sport sohasidagi muvaffaqiyat emas, balki O'zbekistonning xalqaro maydondagi o'rnini tasdiqlashning kuchli vositasidir

RIM, 15-iyun. /"Dunyo AA/. Italiyaning "La Nazione" gazetasida "O'zbekiston, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi: Florensiyadagi o'zbek jamoatchiligi xursand" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, Jahon chempionati yo'llanmanisini qo'lga kiritgani haqidagi xabar Florensiyada ham katta shov-shuvga sabab bo'lgani va o'zbeklar ko'p istiqomat qiluvchi Toskana markazida tantana bilan nishonlangani haqida so'z boradi.

"Milliy o'zbek qo'shiqlari va raqslari octida ko'k-oq futbolkalardagi muxlislar O'zbekiston bayrog'ini ko'tarib, bir-birlarini qutladilar. Ular ushbu tarixiy yutuq quvonchini birgalikda his etishdi. Bu sportning odamlarni birlashtirish va geografik chegaralarni yengib o'tish, hatto vatandan minglab kilometr uzoqda ham o'zligini anglash va g'urur hissini uyg'ota olishini isbotladi", – deb yozadi muallif.

Nashrda qayd etilishicha, bu xursandchilik fonida, O'zbekistonning Florensiyadagi faxriy konsuli Komuchchi ham o'zining qutlov so'zlarini bildirdi.

"O'zbekistonni Italiyada targ'ib qilish bo'yicha ishlarimiz, mamlakat milliy terma jamoasining mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishi barobarida, ajoyib o'sishni qayd etdi. Ushbu tarixiy natija Florensiya va Samarqand o'rtasidagi birodarlik munosabatlari kontekstida yanada chuqurroq ma'no kasb etadi. Florensiyaga O'zbekistonning futboldagi muvaffaqiyatidan kelgan quvonch bu aloqani yanada mustahkamlaydi, madaniy almashinuv va o'zaro tanishuv qanday qilib sport kabi yo'nalishlar orqali ham gullab-yashnashi mumkinligini ko'rsatadi", – deya faxriy konsul so'zlaridan iqtibos keltirilgan nashrda.

Shuningdek, konsul Komuchchining fikriga ko'ra, Jahon chempionatiga yo'llanmasi shunchaki sport sohasidagi muvaffaqiyat emas, balki O'zbekistonning xalqaro maydondagi o'rnini tasdiqlashning kuchli vositasidir.

"Bu muvaffaqiyat O'zbekistonga misli ko'rilmagan global miqyosda tanilish, stereotiplarni yengib o'tish va mamlakatning zamonaviy, dinamik qiyofasini namoyish etish imkoniyatidir. O'zbekiston dunyoga nafaqat boy tarix va an'analarga ega mamlakat, balki kelajakka intiluvchi, jahon maydonida tobora muhim rol o'ynashga tayyor davlat ekanligini ham ko'rsatadi", – deya urg'ulangan maqola yakunida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish