"Masche" jurnali: O'zbekiston to'qimachilik sanoati vakillari Germaniyada malaka oshirish dasturlarida qatnashdi
Aprel 22, 2025. 11:29 • 2 daq
• 68
BERLIN, 22-aprel. /"Dunyo" AA/. Germaniya to'qimachilik sanoati ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasining "Masche" jurnalida mamlakatimiz to'qimachilik sanoati mutaxassislari uchun ushbu davlatda tashkil etilgan malaka oshirish kurslari haqida maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada joriy yilning fevral-mart oylarida "Gesamtmasche" Germaniya tekstil va trikotaj kompaniyalari uyushmasi va "O'zto'qimachiliksanoati" uyushmasining "GUZ Partners" qo'shma loyihasi doirasida o'zbekistonlik tekstil sanoati mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilingani ma'lum qilingan.
"Trenerlarni o'qitish loyihasi" deb nomlangan malaka oshirish kursi Germaniyaning "Groz-Beckert Academy" akademiyasi, Hochschule Albstadt-Sigmaringen instituti hamda "Texoversum Experts&Training Hub" zamonaviy o'qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda uyushtirildi.
"Ikki oy davom etgan kurslar nazariy va amaliy qismlarga bo'lingan holda, O'zbekiston va Germaniyada bo'lib o'tdi. Mutaxassislar joriy yilning fevral oyida tikuvchilik fabrikalarida ishlab chiqarishni sifat va samaradorlik jihatidan yaxshilash, trikotaj buyumlarini bo'yash va ishlab chiqarish yo'nalishlari bo'yicha nazariy bilimlarni egalladilar. Kurs davomida, ayniqsa, kiyim-kechak ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tizimli jarayonni tashkil etish va zamonaviy operatsion ma'lumotlarni olish usullari, eng muhim zamonaviy to'qish texnologiyalari chuqur o'rgatilgan", – deyilgan nashrda.
Mart oyida esa kurs ishtirokchilari olgan nazariy bilimlarini Germaniyada amaliyotga yo'naltirilgan seminarlar orqali mustahkamladilar.
"Loyiha qatnashchilari endilikda nafaqat ikki oy davomida olgan zamonaviy nazariy va amaliy bilimlarini O'zbekistonning tekstil-trikotaj sanoati mutaxassislariga o'rgatadilar, balki bu orqali o'zbek va nemis kompaniyalari o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga o'z hissalarini qo'shadilar", – deb yozilgan maqola.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida