"Nayrouz": 2016-yildan boshlangan ochiqlik va o'zaro qo'shnichilik siyosati O'zbekiston tashqi munosabatlarida yangi bosqichni boshladi
Noyabr 04, 2025. 16:16 • 2 daq
• 36
AMMON, 4-noyabr. /"Dunyo" AA/. Iordaniyaning nufuzli "Nayrouz" nashrida "BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarida O'zbekistonning tutgan roli" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada ta'kidlanishicha, 2025-yilda BMT tashkil etilganiga 80 yil to'ldi. Ushbu tarixiy sana xalqaro tizimdagi yangilanish va hamkorlikni kuchaytirish davriga to'g'ri kelmoqda. Bu jarayonda O'zbekiston BMTdagi faol ishtiroki orqali o'zining yangi xalqaro maqomini mustahkamlamoqda.
O'zbekiston 1992-yilda BMTga a'zo bo'lgan. O'tgan davr mobaynida mustaqil davlatdan mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surgan ishonchli hamkorga aylandi. Bugun mamlakatda BMTning 25 ta vakolatxonasi faoliyat yuritib, 175 million dollardan ortiq qiymatdagi 160 dan ziyod loyiha amalga oshirilmoqda. Ular ta'lim, sog'liqni saqlash, gender tengligi, barqaror rivojlanish va raqamli iqtisodiyot kabi sohalarini qamrab oladi.
"2016-yildan boshlangan ochiqlik va o'zaro qo'shnichilik siyosati O'zbekiston tashqi munosabatlarida yangi bosqichni boshladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida Markaziy Osiyoda "Samarqand ruhi" konsepsiyasi shakllandi va mintaqaviy hamkorlikning yangi modeli yaratildi. O'zbekiston tashabbuslari BMT Bosh Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasida aks etdi hamda ular barqaror turizm, ekologik innovatsiyalar, transport va suv resurslari kabi muhim sohalarni qamrab oldi", – deyiladi materialda.
"Nayrouz" nashrida BMTning 80 yillik sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar haqida ham to'xtalib o'tilgan. Xususan, Sh.Mirziyoyevning Markaziy Osiyoni barqarorlik va hamkorlik mintaqasiga aylantirish strategiyasini ilgari surgani, "yashil" texnologiyalar bo'yicha mintaqaviy dastur yaratish, suv tejamkorligi bo'yicha jahon forumini o'tkazish, Afg'oniston orqali xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirish kabi bildirgan takliflari haqida so'z yuritilgan.
Shu bilan birga, manbada O'zbekiston BMTning EKOSOS, Inson huquqlari qo'mitasi va Statistika komissiyasi a'zosi sifatida faol ishtirok etayotgani ta'kidlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
Kuvayt OAV: O‘zbekiston turistlar uchun jozibali mamlakatga aylanmoqda