"Tolo news" AA: Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasida imtiyozli savdo bitimi imzolandi
Iyun 15, 2025. 10:58 • 2 daq
• 31
TOSHKENT, 15-iyun. /"Dunyo" AA/. Afg'oniston "Tolo news" axborot agentligi "O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasida imtiyozli savdo bitimi imzolandi" sarlavhali maqolani tarqatdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Nashrda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Afg'oniston sanoat va savdo vaziri v.b. Nuruddin Aziziyni qabul qilgani ma'lum qilingan.
"Uchrashuvda ikki tomon savdo-iqtisodiyot, transport, energetika, qishloq xo'jaligi, tog'-kon sanoati kabi sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi", – deyilgan maqolada.
Ta'kidlanishicha, Nuruddin Aziziy, shuningdek, O'zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bilan ikki mamlakat o'rtasida imtiyozli savdo shartnomasi va Qo'shma harakatlar rejasini imzoladi.
"Ushbu kelishuv davlatlar o'rtasidagi savdo tariflarini pasayishiga, tovarlarni ikki davlat bozorlariga kirishini osonlashtirishiga va xususiy sektorni qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi hamda o'zaro savdo hajmini oshirish, qo'shma sarmoyalarni rag'batlantirish va mintaqaviy savdoni rivojlanishiga ko'maklashishga qaratilgan", – deya urg'ulangan materialda.
Nashrda hozirgi kunda Toshkent va Kobul o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi bir milliard dollardan oshgani xabar qilingan.
"Ikkala davlat uchun imtiyozli tariflarni joriy etish va avval kelishilgan loyihalarni amalga oshirish – tegishli muhokamalar bilan birga – fuqarolar hayotiga va O'zbekiston-Afg'oniston o'rtasidagi iqtisodiy almashinuvlarga mazmunli ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ijobiy qadamdir", – deya Afg'oniston Savdo-sanoat va investitsiya palatasi matbuot kotibi Jan Ag'a Navid so'zlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida