Logo

"AKIpress" AA: Ishonch va sheriklikni mustahkamlash mintaqa tinchligi va farovonligini ta'minlaydi

Noyabr 14, 2025. 15:35 • 52 soniya

42
"AKIpress" AA: Ishonch va sheriklikni mustahkamlash mintaqa tinchligi va farovonligini ta'minlaydi

BISHKEK, 14-noyabr. /"Dunyo" AA/. Qirg'izistonning nufuzli "AKIpress" axborot agentligida "Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoni devor emas, ko'prik quradigan mintaqa deb ta'rifladi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Agentlikning ushbu xabarida O'zbekiston Prezidentining "Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida" nomli maqolasi xususida fikr yuritilgan. Maqolada ta'kidlanishicha, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoni ishonchli, hamkorlik va konstruktiv sheriklik yo'lini tanlagan mintaqa sifatida qayd etgan. Shuningdek, davlat rahbari Markaziy Osiyoni devor emas, ko'prik quradigan mintaqa, deya sifatlangan. 

"O'zbekiston yetakchisining fikricha, ishonchli muloqotning samarali mexanizmiga aylangan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari kelajakka daxldor strategik masalalar hamda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun muhim muloqot maydoniga aylanadi. Prezident hamkorlikni mustahkamlash taktik tanlov emas, balki Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtiruvchi strategik yo'nalish ekanini ta'kidlagan", – deya so'z yuritilgan "AKIpress"da.

Maqola xulosasida, Prezident Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so'zlari keltirilgan: ishonch va sheriklik ruhini saqlab qolish mintaqani barcha xalqlar uchun tinchlik, farovonlik va ravnaq makoniga aylantirish imkonini beradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish