"Avesta" AA: O'zbekiston va Xitoy butun Markaziy Osiyo mintaqasining "yashil" transformatsiyasi uchun katalizator bo'la oladigan hamkorlikning namunali modelini namoyish etmoqda
Iyun 16, 2025. 18:32 • 2 daq
• 108
DUSHANBE, 16-iyun. /"Dunyo" AA/. Tojikistonning "Avesta" axborot agentligi "O'zbekiston va Xitoy "yashil" taraqqiyotni ilgari surishda strategik sheriklik" sarlavhali maqolani e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston va Xitoy global iqlimiy muammolar hamda energetik transformatsiya davrida, barqaror rivojlanish sohasidagi xalqaro hamkorlikka alohida ahamiyat qaratayotgani haqida so'z yuritiladi.
"O'zbekiston va Xitoy "yashil" iqtisodiyot sohasida strategik sherikliklardir. Ekologik barqaror kelajak haqidagi umumiy tasavvur bilan birlashgan ikki mamlakat, butun Markaziy Osiyo mintaqasining "yashil" transformatsiyasi uchun katalizator bo'la oladigan davlatlararo hamkorlikning namunali modelini namoyish etmoqda", – deb yozadi muallif.
Nashrda qayd etilishicha, 2024-yil yanvar oyida O'zbekiston Prezidentining Xitoyga buyurgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda alohida bosqich bo'ldi, uning yakunida umumiy qiymati 53,3 milliard AQSh dollari bo'lgan 482 ta investitsiya shartnomasi imzolandi. Bugungi kunda O'zbekistonda Xitoy investitsiyalari ishtirokida 2685 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, ular orasida "Huawei", "ZTE" kabi texnologik gigantlar, shuningdek, energetika va sanoat sohasidagi ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud.
"Biroq, so'nggi yillarda eng muhim tendensiya hamkorlikning an'anaviy shakllaridan ekologik kun tartibiga o'tish bo'ldi. Bugungi kunda O'zbekiston va Xitoy o'rtasida "yashil" energetika sohasidagi o'zaro hamkorlikda sezilarli dinamika kuzatilmoqda. Bu ekologik samaradorlik va barqarorlikka hissa qo'shadigan texnologiyalardan foydalanishda hamkorlikni, jumladan, ekologik maqsadlarga erishish uchun innovatsion yechimlar va ilg'or texnologiyalarni o'z ichiga oladi", – deb urg'ulangan maqolada.
Shuningdek, "Avesta" AAda ta'kidlanishicha, 2025-yil may oyida O'zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligida Xitoy bilan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi sheriklikning yangi bosqichni boshlab bergan tarixiy uchrashuv bo'lib o'tdi. O'zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi va Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon ekologiya va geografiya instituti o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Unda Toshkentdagi Green University bazasida Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhit tadqiqot markazini tashkil etish masalasi qayd etilgan.
"O'zbekiston–Xitoyning "yashil" rivojlanish sohasidagi hamkorligi shunchaki ikki mamlakatning iqlimiy maqsadlariga erishishga hissa qo'shmaydi – u o'zaro manfaat, texnologik innovatsiyalar va sayyora kelajagi uchun umumiy mas'uliyatga asoslangan xalqaro munosabatlarning yangi paradigmasini shakllantiradi" , – deb yozilgan "Avesta" AA e'lon qilgan material xulosasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida