"Karavan Info" AA: O'zbekiston Prezidenti mamlakatning 2026-yilga mo'ljallangan iqtisodiy yo'nalishlarini tasdiqladi
Oktabr 29, 2025. 11:10 • 2 daq
• 57
MOSKVA, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning "Karavan Info" axborot agentligi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan joriy yil uchun kutilayotgan iqtisodiy rivojlanish natijalari va 2026-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni muhokama qilish yuzasidan kengaytirilgan yig'ilishga bag'ishlangan maqolani e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda mamlakat iqtisodiyoti 2025-yil yanvaridan sentyabrgacha 7,6 foizga o'sgani, bu prognoz qilinganidan sezilarli darajada oshganligi ta'kidlangan. Sanoat ishlab chiqarishi 6,8 foizga, qurilish 14,2 foizga, xizmatlar 14 foizga va qishloq xo'jaligi 4,1 foizga o'sdi.
"Oltin-valyuta zaxiralari 35 foizga o'sib, 55 milliard dollarga yetdi. Xalqaro reyting agentliklari Fitch Ratings, Moody's va S&P Global O'zbekistonning iqtisodiy istiqbollarini ijobiy baholadi – tarixda birinchi marta mamlakat suveren reytingini oshirdi va istiqbolni "ijobiy" darajaga ko'tardi. Prezident bunday muvaffaqiyatlar aholi farovonligining o'sishida bevosita aks etishini ta'kidladi. Shaxsiy daromadlar 18,4 foizga, omonatlar 35,3 foizga va o'rtacha ish haqi 19,2 foizga oshdi", – deyilgan maqolada.
Nashr, shuningdek, 2026-yilgi byudjet loyihasida soliq stavkalari o'zgarishsiz qolishini, byudjet mablag'laridan samarali foydalanish ustidan nazorat kuchaytirilishini ma'lum qilgan.
O'zbekiston Prezident xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirish barcha darajadagi rahbarlar faoliyatining asosiy mezoniga aylanishini ta'kidladi.
"Karavan Info" AA maqolasi "Mamlakat rahbari 2026-yilgi Davlat byudjeti loyihasining asosiy yo'nalishlarini bayon qilib, kelgusi yilda o'sish sur'atini saqlab qolish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash muhimligini qayd etdi", – degan so'zlar bilan yakunlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
Kuvayt OAV: O‘zbekiston turistlar uchun jozibali mamlakatga aylanmoqda