Logo

"Sada al Balad"AA: O'zbekistonda ilk bor sofligi 99,9 foiz bo'lgan reniy metalli eksport qilindi

Iyul 18, 2025. 11:59 • 40 soniya

73
"Sada al Balad"AA: O'zbekistonda ilk bor sofligi 99,9 foiz bo'lgan reniy metalli eksport qilindi

QOHIRA, 18-iyul. /"Dunyo" AA/. Misrning "Sada al-Balad" axborot agentligi "O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) xalqaro hamkorlikni faollashtirmoqda" sarlavhali maqolani e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekistonda ilk bor sofligi 99,9 foiz bo'lgan reniy metalli eksport qilingani qayd etilgan.

"Reniy metalli eksporti O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) va Estoniyaning "VLCor Baltic OU" kompaniyasi o'rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshirildi. Bu O'zbekistonda reniy metalli eksportining amaldagi boshlanishidir", – deb yozgan manba.

Ma'lum qilinishicha, reniy – murakkab texnologiyalar, aerokosmik sohalar va yuqori haroratli superqotishmalar ishlab chiqarishda jahonda tan olingan strategik metall hisoblanadi.

Ta'kidlanganidek, TMK tomonidan 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan eksport hajmi 21,3 million AQSh dollari (o'sish 118 foiz)ni tashkil etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish