"Agencja Informacyjna": Samarqandda kiyim-kechak va to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining xalqaro qo'shma kongressi bo'lib o'tadi
May 18, 2024. 10:22 • 2 daq
• 132
VARSHAVA, 19-may. /"Dunyo" AA/. Polshaning ommabop "Agencja Informacyjna" onlayn portali Samarqandda bo'lib o'tadigan kiyim-kechak va to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining xalqaro qo'shma kongressi haqida maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda 8-10-sentyabr kunlari Samarqand shahrida tarixda ilk bor Xalqaro to'qimachilik ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi (ITMF) va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasi (IAF)ning qo'shma kongressi bo'lib o'tishi ma'lum qilingan.
"Kongress tashkilotchilari – ITMF va IAF xalqaro federatsiyalari hamda "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi. Tadbir innovatsiyalar, hamkorlik va tartibga solish – to'qimachilik va tikuvchilik sanoatini rivojlantirish omillari mavzusida bo'lib o'tadi", – deyiladi maqolada.
Samarqanddagi uchrashuv B2B va B2G muzokaralari davomida aloqalarni kengaytirish, mahalliy fabrikalarga sayohatlar chog'ida o'zbek to'qimachilik va kiyim-kechaklarini ishlab chiqarish jarayoni, O'zbekiston va boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqaruvchilarning to'qimachilik yarmarkalarida taqdim etilgan takliflari bilan tanishish, moda namoyishida ishtirok etish uchun noyob imkoniyat yaratida.
"Ushbu yirik iqtisodiy tadbir O'zbekistonda jahon to'qimachilik sanoatining 1000 dan ortiq vakillarini bir joyga jamlaydi. Yevropa, MDH, Osiyo, Afrika va Amerikadan 500 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, to'qimachilik kompaniyalari, yetakchi brendlar, riteyler va moliya institutlari rahbarlari yig'ilib, jahon to'qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar", – deb ta'kidlagan nashrda.
Qayd etilishicha, O'zbekiston yaqin-yaqingacha dunyodagi eng yirik paxta yetishtiruvchi davlatlardan biri sifatida tanilgan edi. Biroq keyingi 10-15 yil ichida mamlakat paxta eksport qiluvchi davlatdan paxta import qiluvchiga aylandi.
"O'zbekiston bu xomashyoni eksport qilishni butunlay to'xtatdi va barcha mahsulotlarni o'zi qayta ishlamoqda. Bundan tashqari, to'qimachilik ishlab chiqarishi shu darajada rivojlandiki, natijada respublika mahalliy sanoat ehtiyojlari uchun paxtaning sezilarli hajmini import qila boshladi", – deb yozgan portal.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida