"El Mundo Financiero": O'zbekiston xorijiy investorlar uchun Markaziy Osiyodagi eng jozibador manzil bo'lib qolmoqda
Iyun 24, 2025. 07:25 • 2 daq
• 71
MADRID, 24-iyun. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning "El Mundo Financiero" onlayn nashri "O'zbekistonning "Oltin viza" dasturi xorijiy investorlarni rag'batlantirish yo'lidagi navbatdagi qadam" sarlavhali maqola e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18-aprel kuni qabul qilingan "Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida "Oltin viza" berish haqida so'z borgan, – deyilgan maqolada. – Bu masala farmonning 26-bandida o'z ifodasini topgan".
Hujjatga muvofiq, investitsiyalarni rag'batlantirish maqsadida joriy yil 1-iyundan boshlab xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga 250 ming AQSh dollari hamda ularning har bir oila a'zosiga (turmush o'rtog'i, farzandi va ota-onasi) 150 ming AQSh dollari miqdoridagi to'lovlar evaziga O'zbekistonda yashash guvohnomasi 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.
Qayd etilganidek, "Oltin viza" dasturi xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, huquqiy kafolatlar berish, mamlakat sarmoyaviy muhitini mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, bu mamlakat ochiqligi, kapitalni himoya qilish, barqaror xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo'shadi.
"Ta'kidlash kerakki, so'nggi sakkiz yilda, xalqaro maydondagi ziddiyatlarga qaramasdan ochiq va pragmatik tashqi siyosat yurgizish O'zbekistonning jahon arenasidagi tashrif qog'oziga aylandi. Mamlakat, ayniqsa, xorijiy investorlar uchun qulay makonga aylandi. O'sib borayotgan iqtisodiy salohiyati bilan ushbu yo'nalishda O'zbekiston Markaziy Osiyoda eng jozibador manzil hisoblanadi, desak xato bo'lmaydi", – deb yozgan muallif.
Albatta, xorijiy investorlarni ishonchini qozonish uchun ularga zarur sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlarni tadbiq etilishi kerak. Bunday yondashuv nafaqat O'zbekistonda balki butun dunyo tajribasida mavjud.
2017 yildan boshlab O'zbekistonda qulay investitsiyaviy muhitni yaratish bo'yicha tub islohotlar amalga oshirildi. Xususiy mulk egalari, shu jumladan investorlar huquqlari kafolatlari yangilandi, ular hatto O'zbekiston Bosh qomusida ham yana-da mustahkamlandi. Shuningdek, o'tgan yillarda xorijiy investitsiyalarni rag'batlantirishga oid davlatimiz rahbarining qator qaror va farmonlari, O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari qabul qilindi", – deyiladi nashrda.
Natija ham uzoq kuttirgani yo'q. Bugun O'zbekistonning qaysi go'shasiga bormang, yangi investitsiyaviy loyihalar va qo'shma korxonalarga duch kelasiz. Ular yurt ravnaqi, aholi farovonligini ta'minlashga, yangi ish o'rinlari yaratishga va ijtimoiy obyektlar qurilishiga xizmat qilayapti.
"Bir so'z bilan aytganda, "Oltin viza" dasturi respublikaning mehnat resurslari mavjud hududlarida milliy iqtisodiyotni texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, davlat obyektlarini xususiylashtirish, yangi ish o'rinlarini yaratish uchun to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan", – deya urg'ulangan "El Mundo Financiero" maqolasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida