Logo

"La Voz de Galicia": Ispaniyaliklarda O'zbekistonga sayohat qilishga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda

Avgust 25, 2025. 12:02 • 54 soniya

53
"La Voz de Galicia": Ispaniyaliklarda O'zbekistonga sayohat qilishga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda

MADRID, 25-avgust. /"DunyoAA/. Ispaniyaning nufuzli "La Voz de Galicia" elektron nashrida "Kabo-Verde, Bali va O'zbekiston: Kompostela aholisi tanlagan ekzotik sayohatlar" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada Kompostela aholisi tomonidan 2025-yilda eng ko'p tanlangan sayohat yo'nalishlari Kabo-Verde, Bali oroli va O'zbekiston bo'lgani ma'lum qilingan.

"2025-yilning yetakchi yo'nalish Kabo-Verde bo'ldi, undan keyinga o'rinlarda Bali oroli va O'zbekiston qayd etildi. Xususan, Afsonaviy Ipak yo'lida bo'yicha joylashgan O'zbekiston Samarqanddagi muhtasham obidalari, Xivadagi qadimiy qal'a devorlari va boshqalar bilan sayyohlarni hayratga solib kelmoqda", – deb yozgan muallif.

Nashrda qayd etilishicha, qulaylik, xavfsizlik va hamyonbop bo'lgan O'zbekistonga sayohat qilishga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.

Maqola oxirida "O'zbekiston bu yilda talabgir yo'nalishlar qatorida. Sayyohlarga ushbu mamlakat yoqadi. Bundan tashqari, borgan sari narxlarning oshib borayotgani sababli Osiyoning Yaponiya kabi mamlakatlariga qiziqish pasayib bormoqda. Shu tariqa, yangi, tobora ekzotik bo'lib borayotgan yo'nalishlar dunyo bo'ylab faol sayohat qilayotgan Kompostela aholisini o'ziga jalb qilishda davom etmoqda", – deb ta'kidlangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish