"SNG.Today": O'zbekistonda "yashil" energiya ulushi 10 foizga oshiriladi
Yanvar 30, 2025. 10:24 • 56 soniya
• 154
MOSKVA, 30-yanvar. /"Dunyo" AA/. "SNG.Today" ommabop saytida "O'zbekistonda "yashil" energiya ulushi 26 foizga yetkaziladi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-yanvar kuni "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot" yili davlat dasturi loyihasi yuzasidan o'tkazilgan yig'ilish tafsilotlari qalamga olingan.
Maqolada yozilishicha, oxirgi uch yilda joylarda 3,5 gigavattli 16 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi, 35 ta kichik GES qurildi, quyosh panellari o'rnatgan xonadonlar 60 mingdan oshdi. "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida daraxtlar ekilib, bog'lar yaratilyapti.
"2025-yilda mamlakat energetika tizimida "yashil" energiya ulushini hozirgi 16 foizdan 26 foizga yetkazish rejalashtirmoqda. Buning uchun yana 3,5 gigavattli 16 ta yirik quyosh va shamol stansiyaci, 160 megavattli 5 ta yirik GES va 1,8 gigavattli energiya saqlash quvvatlari ishga tushiriladi", – deb yozadi "SNG.Today".
Qayd etilishicha, O'zbekiston rahbari bunga qo'shimcha yana 1 gigavatt quvvatli loyihalarni shakllantirish bo'yicha ko'rsatma berdi. "Shuningdek, davlat korxonalari, sanoat va xizmat ko'rsatish majmualari hamda xonadonlarda quyosh panellari o'rnatishni rag'batlantirish davom ettiriladi. Bu uchun 2 trillion so'm kredit ajratiladi, – deyilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
Rossiyaning “Первый канал”ida Samarqand haqida maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi
O‘zbekiston yetakchisining Sankt-Peterburgga tashrifi Pokiston OAV nigohida
.