Logo

Ukraina OAV: O'zbekistonda kelgusi uch yilda noyob metallarni qazib olish va qayta ishlash bo'yicha 76 ta loyiha amalga oshiriladi

Mart 13, 2025. 11:03 • 2 daq

103
Ukraina OAV: O'zbekistonda kelgusi uch yilda noyob metallarni qazib olish va qayta ishlash bo'yicha 76 ta loyiha amalga oshiriladi

KIYEV, 13-mart. /"Dunyo" AA/. Ukrainaning "Open4business" va "Fixygen" elektron nashrlarida "O'zbekiston noyob metallarni qazib olish va qayta ishlash bo'yicha 2,6 milliard AQSh dollarlik loyihalarni amalga oshiradi" sarlavhali maqolalar rus, ukrain, ingliz, nemis va ispan tillarida e'lon qilindideb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Prezidenti sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini kengaytirish va qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha taqdimot bilan tanishdi", – deb yozgan manbalar.

Qayd etilganidek, O'zbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, germaniy, grafit, vanadiy va titan kabi 30 dan ortiq sanoat uchun muhim minerallar mavjud.

"Kelgusi uch yilda 28 ta noyob mineral bo'yicha 2,6 milliard dollarlik 76 ta loyihani amalga oshirish mo'ljallanmoqda. Buning uchun xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida geologiya-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlariga qo'shimcha mablag' ajratish ko'zda tutilmoqda", –deyilgan materiallarda.

Eng asosiy vazifa – zamonaviy texnologiyalarni qo'llab, qimmat xomashyoni rudadan ajratib olish, sofligini oshirish va yuqori qiymatli mahsulotlar yaratish ekanligi alohida urg'ulangan. "Masalan, "Ingichka" konidagi volfram konsentrati boyitilsa, qo'shilgan qiymat 2 karra oshadi. Hozircha shu kabi 18 ta loyiha ishlab chiqilgan", – deya ma'lum qilgan elektron nashrlar.

Shuningdek, sohada "xomashyo – qayta ishlash – ilm va texnologiya – tayyor mahsulot" zanjirini kengaytirish maqsadida molibden va volframga boy Toshkent va Samarqand viloyatlarida texnoparklar tashkil qilish taklifi bildirilgani ta'kidlangan.

Ukraina OAV yozganidek, "O'zbekiston yetakchisi bu borada sanoat tajribalari va texnologiya transferini amalga oshirish, zamonaviy laboratoriya va o'quv markazlari ochish bo'yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, "to'rtinchi sanoat inqilobi" davrida munosib o'ringa ega bo'lish uchun mustahkam zamin yaratish zarurligi ta'kidlandi".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish