AQSh kompaniyasi O'zbekiston Milliy investitsiya jamg'armasi mablag'larini boshqarishni boshladi
May 14, 2025. 09:56 • 51 soniya
• 117
KIYEV, 14-may. /"Dunyo" AA/. AQShning "Franklin Templeton Asset Management" kompaniyasi O'zbekiston Milliy investitsiya jamg'armasi mablag'larini boshqarishni boshladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ukrainaning "Fixygen" va "Open4business" yangiliklar portallari ma'lumotiga ko'ra, kompaniyaning investitsiya fondini boshqarishdagi ishtiroki shu yilning fevral oyida ma'lum bo'lgan edi.
Mazkur kelishuv O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash va xalqaro investorlarni jalb etish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Hamkorlik doirasida "Franklin Templeton" jamg'armaga tegishli bo'lgan 18 ta davlat korxonasi va tijorat banklari aksiyalaridan iborat investitsion portfelni boshqarib, ularning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan transformatsiya dasturlarini amalga oshiradi. Mazkur transformatsiya dasturlari amalga oshirilgandan so'ng jamg'arma hamda uning boshqaruvidagi korxonalar va banklar aksiyalari mahalliy va xalqaro fond birjalariga olib chiqiladi.
"Buning uchun, "Franklin Templeton" tomonidan jamg'armaga tegishli davlat korxonalari va tijorat banklari strategiyalarini qayta ko'rib chiqish, ularda korporativ boshqaruv tizimi, moliyaviy samaradorligi, ichki audit va risklarni boshqarish tizimini jahon standartlariga moslashtirish, xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan transformatsiya dasturlari amalga oshiriladi", – deyilgan manbalarda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida