O'zbekiston diplomatlari Rossiyaning Primorsk o'lkasida vatandoshlar bilan uchrashdilar
Yanvar 15, 2025. 08:32 • 39 soniya
• 170
VLADIVOSTOK, 15-yanvar. /"Dunyo"AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari Rossiyaning Primorsk o'lkasida vaqtincha bo'lib turgan va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Pasport-viza xizmati" filialida bo'lib o'tgan uchrashuvda mamlakatimizning 80 nafar fuqarosi ishtirok etdi. Diplomatlar ular bilan Rossiya Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi "Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo'yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmonini muhokama qilib, fuqarolarning huquqiy holatini tartibga solish bo'yicha tegishli maslahatlar berdilar.
Vatandoshlar olingan ma'lumot va maslahatlar uchun minnatdorchilik bildirdilar, shuningdek, diplomatlarga targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish orqali Primorsk o'lkasida noqonuniy bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolarining huquqiy holatini tartibga solish bo'yicha ishlarni amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida