Iroq OAV: Xiva shahridagi "Ichan qal'a" va "Arda Xiva" majmualarida an'anaviy "Qovun sayli" festivali bo'lib o'tadi
Iyul 22, 2025. 07:10 • 51 soniya
• 57
BAG'DOD, 22-iyul. /"Dunyo" AA/. Iroqning ommabop "Agnaden" elektron nashrida "Xiva shahri an'anaviy "Qovun sayli" festivaliga tayyorgarlik ko'rmoqda" sarlavhali axborot materiali e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Turizm qo'mitasi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan festival doirasida viloyatning shahar-tumanlari o'z hududlarida yetishtirilgan shirin qovunlarning ko'rgazma-savdosini o'tkazadi", – deb yozilgan nashrda.
Qayd etilganidek, festival pavilyonlari hududiy rang-baranglik asosida bayramona bezatiladi.
"Shuningdek, teatrlashtirilgan sahnalar, qo'g'irchoq teatri va milliy liboslar namoyishi, milliy taomlar, Xorazm nonlari va hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmalari, badiiy jamoalar, folklor guruhlarining jonli ijro chiqishlari, mahorat darslari, tasviriy va amaliy san'at asarlari ko'rgazmasi tashkil etiladi", – deya urg'ulangan materialda.
"Qovun sayli"da faol ishtirok etganlar turli nominatsiyalar asosida Xorazm viloyat hokimligi va homiylarning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanadi.
"Festivalning asosiy tadbirlari mahalliy va xorijiy yulduzlar ishtirokidagi gala konsertlar bilan 8-9-avgust kunlari "Ichan qal'a" va 10-avgust kuni "Arda Xiva" turizm majmualarida bo'lib o'tadi", –deyiladi "Agnaden" materialida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida