"Jerusalem Post" gazetasi: O'zbekistonning yangi siyosiy tizimi ilg'or boshqaruv namunasidir
Noyabr 27, 2024. 09:03 • 2 daq
• 97
TEL-AVIV, 27-noyabr. /"Dunyo" AA/. Isroilning "Jerusalem Post" gazetasida O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ta'lim sohasidagi yutuqlariga bag'ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqola muallifi, Xolon texnologiya instituti prezidenti Eduard Yakubov O'zbekiston 40 millionga yaqin aholisi bilan Markaziy Osiyoda yetakchi davlatga aylangani, fuqarolarning uchdan ikki qismi mustaqillikdan keyin tug'ilgani haqida yozgan.
Nashrda qayd etilishicha, mamlakatning yangi siyosiy tizimi ilg'or boshqaruv namunasidir. 150 deputatdan iborat parlament gender tengligi va inklyuzivlik majburiyatini o'zida mujassam etgan dual tizim asosida saylanadi.
Maqolada, shuningdek, oliy ta'lim sektori g'oyat g'ayrioddiy rivojlanishni boshidan kechirgani ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, mamlakatda atigi uch yil ichida oliy ta'lim muassasalari soni ikki baravarga ko'paydi.
"Demokratik qadriyatlarga sodiqlik hamda ta'lim va tadqiqotga katta investitsiya kiritishni o'zida mujassam etgan bu muvaffaqiyatlar yangilanish va o'sishning aniq trayektoriyasidan dalolat beradi. Ular Isroil va O'zbekiston o'rtasidagi kelajakdagi akademik aloqalar uchun mustahkam poydevor yaratadi", – deb yozgan muallif.
Muallif ta'kidiga ko'ra, O'zbekistonning yosh avlodi iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy barqarorlik va mintaqaviy hamkorlikka sadoqatini namoyish etgan holda o'z demokratik huquqlarini amalga oshirmoqda.
"Ularning muvozanatli yondashuvi va taraqqiyotga intilishi O'zbekistonga Markaziy Osiyoda muhim kuch sifatida yanada yuksalib borish imkoniyatini beryapti", – deb yozilgan maqola xulosasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida