"La Verita" gazetasi: O'zbekistondagi tizimli islohotlar Italiya kompaniyalarini tobora ko'proq o'ziga jalb qilmoqda
Iyul 07, 2025. 20:22 • 2 daq
• 78
RIM, 8-iyul. /"Dunyo" AA/. Italiyaning yetakchi "La Verita" nashrida "O'zbekiston – xorijiy investitsiyalarning ortishi fonida Osiyoning yangi chorrahasiga aylanmoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif Ignatsio Mangrano yozganidek, O'zbekistondagi tizimli islohotlar tobora ko'proq xorijiy kompaniyalarini, shu jumladan Italiya biznesini o'ziga jalb qilyapti. U, shuningdek, Italiya va O'zbekiston o'z iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashda davom etayotganini va strategik sektorlarga alohida e'tibor qaratayotganini ta'kidlagan.
"Italiyadan O'zbekistonga yo'naltirilgan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hajmi 2024-yilda o'tgan yilga nisbatan 160 foizga o'sdi, bu ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning mustahkamlanishidan dalolat beradi, – deya qayd etadi muallif. – Italiya va O'zbekiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2024-yilda 500 million dollarga yetdi. Asosiy tovarlar orasida to'qimachilik, rux kabi rangli metallar, charm buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, mexanik va elektr jihozlar, farmatsevtika preparatlari, transport vositalari va ehtiyot qismlari, shuningdek, boshqa mahsulotlar mavjud".
Nashrda ta'kidlanishicha, hozirgi vaqtda O'zbekiston bozorida 55 dan ortiq Italiya kompaniyasi bor. Ularning 23 tasi to'liq Italiya sarmoyasi asosida tashkil etilgan.
"Prezident Shavkat Mirziyoyev "Oltin viza" dasturi — xorijiy kapital oqimini rag'batlantirish va O'zbekistonni mintaqaning iqtisodiy markaziga aylantirish tashabbusini joriy qilishini e'lon qildi. Dastur mamlakatga kamida 250 ming AQSh dollar sarmoya kiritgan xorijiy fuqarolarga 5 yillik yashash ruxsatini taklif etadi", – deb yozilgan materialda.
Maqola xulosasida "Mintaqaviy loyihalarni qo'llab-quvvatlash uchun yangi moliyaviy mexanizmlarni yo'lga qo'yish vaqti keldi, deb o'ylayman. Birgalikda harakat qilsak, Markaziy Osiyoni tinchlik va taraqqiyot makoniga aylantiramiz", – deya Prezident Shavkat Mirziyoyevning to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisidagi nutqidan iqtibos keltirilgan.
"La Verita" Italiyaning eng ko'p o'qiladigan 10 ta gazetasi qatoriga kiradi. Mazkur nashrning bir kunlik adadi salkam 55 ming nusxani tashkil etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida