"Sahm News" gazetasi: O'zbekiston Garvard universitetining Taraqqiyot laboratoriyasi Iqtisodiy murakkablik indeksida o'z mavqeini sezilarli darajada yaxshiladi
Aprel 21, 2025. 19:28 • 2 daq
• 77
AR-RIYOZ, 21-aprel. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Sahm News" gazetasida "Harvard Growth Lab: 5 yil ichida O'zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog'onaga ko'tarildi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Garvard universiteti taraqqiyot laboratoriyasining Iqtisodiy murakkablik indeksini tahlil qilgani haqida ma'lum qilingan.
Qayd etilganidek Garvard universitetining Taraqqiyot laboratoriyasi Iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) natijalarini nashr qildi, unda eksportning texnologik murakkabligi va eksportni diversifikatsiya qilish asosida mamlakatlar reytingi tuzilgan.
"Mazkur reytingda O'zbekiston so'nggi 5 yil ichida 25 pog'ona yuqorilab, 145 ta mamlakat orasida 80-o'rinni egallab, Iqtisodiy murakkablik reytingida o'z mavqeini sezilarli darajada yaxshiladi. Mamlakat iqtisodiyoti barqaror o'sishni ko'rsatmoqda, eksport yiliga o'rtacha 20,5%ga o'sdi, bu mintaqadagi mamlakatlarining boshqa mamlakatlaridagi o'sish sur'atlaridan ancha yuqori", – deb ta'kidlangan materialda.
Maqolada yozilishicha, 5 yil davomida eksport o'sishiga o'rta qayta ishlangan sanoat tovarlari katta hissa qo'shgan bo'lib, ishlab chiqarish yanada murakkabroq bo'lgan mahsulotlar ichida eng yuqori o'sish sur'atlari transport (89%), sanoat uskunalari (77%), elektrotexnika (59%) bo'yicha qayd etilgan. Eksport portfeliga 67 ta yangi mahsulot qo'shilib, bu mamlakatga 2,1 milliard dollar daromad keltirgan.
"Sahm News" gazetasida bosilgan maqolada, shuningdek, 2033-yilgacha O'zbekiston iqtisodiyotining yillik o'rtacha o'sishi 5,6%ni tashkil etishi va bu esa dunyoda ikkinchi yuqori ko'rsatkich ekanligi ham alohida qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida