Logo

Nufuzli “Seoul City” nashrida vazir Ozodbek Nazarbekovning maqolasi eʼlon qilindi

Dekabr 02, 2025. 10:53 • 2 daq

185
Nufuzli “Seoul City” nashrida vazir  Ozodbek Nazarbekovning maqolasi eʼlon qilindi

SEUL, 2-dekabr. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning yetakchi gazetasi “Seoul City” nashrida mamlakatimiz madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning “Yangi O‘zbekistonning maʼrifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda” sarlavhali maqolasi chop etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugungi kunda mintaqa mamlakatlari raqiblar sifatida emas, balki birgalikda rivojlanish yo‘lida harakat qilayotgan ishonchli hamkorlar sifatida qaralmoqda”, – deb yozgan vazir.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo ruhini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishda, avvalo, turli festivallar va madaniy tadbirlar o‘tkazish orqali mintaqa xalqlarini adabiyot va sanʼat orqali yaqinlashtirishga intilmoqda.

“Prezidentimiz hamkasblarga kitob sovg‘a qilish anʼanasini joriy etdi. Bu o‘zaro madaniy aloqalarning ramzi va xalqlar qalbini zabt etish usuli bo‘ldi,” – deya taʼkidlangan materialda.

Muallif shuningdek, so‘nggi yillarda “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi aloqalar mustahkamlangani, bularning natijasida esa mintaqa xalqaro maydonda yagona pozitsiyani namoyish etayotgani, iqtisodiy aloqalarni, investitsiyaviy jozibadorlikni va eksport imkoniyatlarini kengaytirayotganini urg‘ulaydi.

“Yangi O‘zbekistonning maʼrifiy siyosati Markaziy Osiyo uchun yangi ufqlar ochmoqda va bu o‘zgarishlarga mos bo‘lish har bir fuqaroning burchi va sharafidir,” – deya xulosa qilingan maqolada.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish