Isroil matbuoti: Buxoro – musulmon shaharlar markazi
Noyabr 12, 2025. 15:52 • 2 daq
• 37
TEL-AVIV, 12-noyabr. /"Dunyo" AA/. Isroilning nufuzli "Mako" nashrida "Buxoro – musulmon shaharlar markazi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada ta'kidlanishicha, O'zbekistonning eng yirik shaharlaridan biri bo'lgan Buxoroda hali ham 40 ta yahudiy oilasi yashamoqda. Bu yerda yahudiylar uchun ibodatxona va ibroniy tili o'qitiladigan maktablar mavjud.
Maqolada Buxoro yahudiylari jamoasi hamda Kohen Rabin sinagogasi rahbari Abram Is'hakovning fikrlari berilgan. Jumladan, u shunday deydi: "Shahar tinch va osuda. Hech qanday provokatsiya yo'q va hech qachon bo'lmagan. Hozirda Buxoroda 40 ta oilada 200 nafarga yaqin yahudiy yashaydi. Bu yerda yahudiy maktabi faoliyat yuritib, ta'lim ibroniy tilida olib boriladi. Ta'lim muassasasida 14 nafar yahudiy bola 400 nafar boshqa millat vakillari bilan tahsil olmoqda".
Shuningdek, manbada O'zbekiston Prezidenti tomonidan mamlakatdagi barcha yahudiy yodgorliklarni davlat himoyasida ekanligi to'g'risida qaror qabul qilgani bayon etilgan. Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham yahudiy jamoasiga katta e'tibor ko'rsatib kelmoqda. Chunki, Buxoroda yahudiy madaniyati ham shahar merosining ajralmas qismi sanaladi.
Materialda Buxoroga tashrif buyurgan isroillik taniqli iqtisodchi Doron Koenning fikrlari ham berilgan. Xususan, u Buxoroning tarixiy qiyofasi, arxitekturasi, me'morchiligi, mehmondo'stligi, oshxona va taomlari haqida to'lqinlanib so'zlagan va bu maskanni o'z ko'zi bilan ko'rish uchun yurtdoshlarini ushbu tarixiy shaharga taklif etgan.
"Buxoro oshxonasi ajoyib, biz buni allaqachon Isroildagi Buxoro restoranlarida sinab ko'rganmiz. U yerda ko'p narsa, masalan, go'sht, guruch ancha arzon va mazali. Agar siz go'shtni yaxshi ko'rsangiz, Argentinaga borishingiz shart emas, O'zbekistonga kelsangiz kifoya", – deya fikrlarini yakunlaydi Doron Koen.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
Kuvayt OAV: O‘zbekiston turistlar uchun jozibali mamlakatga aylanmoqda