Logo

"Geopolitika.no" jurnali: Samarqandda bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammiti ikki mintaqa hayotini o'zgartirish salohiyatiga ega strategik bosqich bo'ldi

May 15, 2025. 11:32 • 47 soniya

78
"Geopolitika.no" jurnali: Samarqandda bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammiti ikki mintaqa hayotini o'zgartirish salohiyatiga ega strategik bosqich bo'ldi

OSLO, 15-may. /"Dunyo" AA/. Norvegiyaning "Geopolitika.no" onlayn-jurnalida "Taraqqiyot strategiyasi" markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning shu yilning 3-4-aprel kunlari Samarqandda bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammiti yakunlariga bag'ishlangan maqolasi chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Yaqinda Samarqandda bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammitida qabul qilingan qarorlarning amaliy ijrosi muhim ahamiyatga ega. Ular ish o'rinlari yaratuvchi investitsiyalar, salohiyatni oshiruvchi ta'lim almashinuvi, barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlovchi energetika sohasidagi hamkorlik, inson qadr-qimmatini yuksaltiruvchi va imkoniyatlarni kengaytiruvchi islohotlarni qamrab oladi", – deyiladi maqolada.

Nashrda o'quvchilar e'tibori Samarqandda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi rahbarlari o'rtasida erishilgan kelishuvlarning strategik ahamiyatiga qaratilgan.

"Sammit shunchaki diplomatik muvaffaqiyat emas – bu turli sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirish orqali har ikki mintaqa hayotini o'zgartirish salohiyatiga ega strategik bosqich bo'ldi", – deb yozgan muallif.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish