Logo

"Next Leaders" jurnali: O'zbekiston xalqaro aloqalar uchun strategik markazga aylanmoqda

Iyul 17, 2025. 16:09 • 2 daq

64
"Next Leaders" jurnali: O'zbekiston xalqaro aloqalar uchun strategik markazga aylanmoqda

RIM, 17-iyul. /"Dunyo" AA/. Italiyaning "Forbes" xalqaro nashrlar tarmog'iga kiruvchi "Next Leaders" jurnalida O'zbekiston oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatchisi Marko Farchi bilan  suhbat chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Yalpi ichki mahsulotning 6,5 foizga o'sishi, infratuzilmaga katta sarmoya kiritilishi va aholining juda yosh qatlami foizi ko'pligi bilan O'zbekiston shiddat bilan xalqaro munosabatlarning strategik markaziga aylanmoqda", – degan maslahatchi Marko Farchi.


Uning aytishicha, bir vaqtlar yopiq mamlakat bo'lgan O'zbekiston bugun Yevropa va Osiyo orasidagi strategik markazga – biznesni xalqarolashtirish uchun eng istiqbolli platformalardan biriga aylandi.


Nashrda Marko Farchi bir vaqtning o'zida Italiya-O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshqaruvi a'zosi ham bo'lib, ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda bir kishining dunyoqarashi, malakasi va jasorati qanday hal qiluvchi rol o'ynashiga misol bo'la olishi qayd etiladi.


Intervyu davomida uning yurtimizdagi faoliyati, Italiya va O'zbekiston o'rtasidagi ta'lim sohasidagi munosabatlar, shu yo'nalishdagi yirik loyihalarni amalga oshirishdagi faol ishtirok haqida so'z borgan.


"Ilmiy diplomatiya agrobiznes sektori, raqamlashtirish, texnologik bilimlar almashinuvi va iqlim o'zgarishiga qarshi kurash kabi keng ko'lamli loyihalarning harakatlantiruvchi kuchiga aylandi", – deyilgan suhbatda.


Marko Farchiga ko'ra, xalqarolashtirish – bu faqatgina savdo-sotiq emas, balki muloqot, ishlab chiqarish, boshqaruv va shaxsiy bilimlarni o'zida jamlaydigan madaniy jarayondir.


Nashrda italiyalik mutaxassis davlat muassasalari, universitetlar va biznes o'rtasida muloqot va hamkorlikka katta hissa qo'shayotgani ta'kidlangan.


"Bugun uning oldida ikki muhim vazifa turibdi. Birinchisi, Toshkent bilan munosabatlarni mustahkamlash, ikkinchisi Italiyani ishonchli va strategik jihatdan muhim hamkor sifatida taqdim etish", – deyiladi "Next Leaders" jurnalida bosilgan intervyu xulosasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish