O'zbekistonda ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha islohotlar Qozog'iston OAV nigohida
Iyul 24, 2024. 16:49 • 2 daq
• 114
OSTONA, 24-iyul. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning ommabop "Infozakon" yangiliklar portalida "O'zbekistonda nodavlat ommaviy axborot vositalarining ulushi 60 foizdan oshdi" sarlavhali maqola joylashtirildi, deya xabar bermoqda "Dunyo" AA.

"Zamonaviy dunyoda so'z va axborot erkinligi demokratik jamiyatning asosiy elementidir. O'zbekiston fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini mustahkamlash yo'lida faol harakat qilmoqda, erkin axborot almashinuvi va axborot jamiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga intilmoqda", – deb yozgan maqola muallifi.
Materialda, shuningdek, O'zbekistonning inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash tizimini yana-da takomillashtirishga sodiqligi, mamlakat rahbariyatining bu boradagi sa'y-harakatlari alohida ta'kidlangan.
"Gazeta, jurnal va internet-nashrlarning erkin fikr bildirishi, mustaqil va xavfsiz ishlashi uchun sharoit yaratish O'zbekistonning ommaviy axborot vositalari bo'yicha siyosatining ustuvor vazifasi hisoblanadi. So'z va matbuot erkinligi demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridir. O'zbekiston fikrlar plyuralizmini ta'minlash, ochiq va axborotlashgan jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi har qanday senzuraning oldini olishga intiladi", – qayd etilgan maqolada.
Materialda, xususiy OAV faoliyatini takomillashtirish uchun xalqaro standartlar va tavsiyalar asosida zarur huquqiy baza shakllantirilayotgani ma'lum qilingan. Bugungi kunda O'zbekistonda 10 dan ortiq tegishli hujjatlar, jumladan, "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida", "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida", "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida", "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida", "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risida"gi qonunlar qabul qilingan.
"Bundan tashqari, mamlakatda jurnalistlar o'z kasbiy faoliyatlarida shaxsiy daxlsizlik kafolatidan foydalana oladilar, tanqidiy materiallarni e'lon qilganliklari uchun javobgarlikka tortishga yo'l qo'yilmaydi", - deb yozgan "Infozakon".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida