Logo

Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishi Afg'oniston OAV nigohida

May 19, 2025. 10:37 • 2 daq

97
Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishi Afg'oniston OAV nigohida

KOBUL, 19-may. /"Dunyo" AA/. Afg'onistonning markaziy "TOLO news" telekanali va saytida Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishiga bag'ishlangan telereportaj va maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ularda O'zbekistonning Surxondaryo viloyati markazida 19-21-may kunlari Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi mintaqaviy o'zaro bog'liqlikka bag'ishlangan Termiz muloqotining birinchi sammiti bo'lib o'tishi ma'lum qilingan.

Termiz muloqotida Afg'oniston Tashqi ishlar vazirligi va xususiy sektor vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etishi xabar qilingan.

"Ushbu muloqotdan ko'zlangan maqsad Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, mintaqalararo hamkorlikning hozirgi holatini baholash bo'yicha munozara va fikr almashish uchun ko'p tomonlama platforma yaratishdan iborat", – deyilgan materiallarda.

"Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiya neft va gaz resurslariga boy yangi bozorlar izlamoqda. Shuningdek, Janubiy Osiyo davlatlari katta energiya tanqisligiga duch kelmoqda va buni Afg'oniston hamkorligisiz amalga oshirish mumkin emas", – deya iqtisodiy ekspert Abdul Nosir Reshtia fikrlaridan iqtibos keltirilgan nashrlarda.

Qayd etilishicha, Afg'oniston Savdo-sanoat palatasi Termiz sammitini Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasini o'zaro bog'lashda mamlakatning mavjud salohiyatidan foydalanish uchun muhim imkoniyat deb biladi.

"O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Tashqi ishlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilayotgan Termiz muloqoti forumida Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, AQSh va Yaqin Sharqdan 200 nafar vakil qatnashadi", – deyiladi "TOLO news" manbalarida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish