Logo

Misr OAV: Surxondaryo viloyati Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishiga hozirlik ko'rmoqda

May 17, 2025. 12:13 • 2 daq

29
Misr OAV: Surxondaryo viloyati Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishiga hozirlik ko'rmoqda

QOHIRA, 17-may. /"Dunyo" AA/. Misrning "Al-Diplomasi" axborot agentligi "19-21-may kunlari Termizda Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tadi" sarlavhali maqolani arab va ingliz tillarida tarqatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda shu yilning 19-21-may kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tishi ma'lum qilingan.

Tashkilotchilar – O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

"Forum ishtirokchilari Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qiladilar. Asosiy e'tibor xavfsizlik, barqarorlik va izchil rivojlanishni ta'minlash bo'yicha hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiy o'sishni ta'minlashda xususiy sektor va moliyaviy tuzilmalarning rolini kengaytirish masalalariga qaratiladi" – deyilgan maqolada.

Ta'kidlanishicha, anjuman yakunlari bo'yicha kutilayotgan asosiy natijalardan biri, bu – Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasida ishonch, muloqot va hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha sa'y-harakatlarni birlashtirishga chaqiruvchi kommyunikening qabul qilinishi hisoblanadi.

"Termiz muloqoti mintaqalararo bog'liqlikni yanada rivojlantirish, keng Yevroosiyo qit'asida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash istiqbollarini belgilash uchun doimiy platforma vazifasini bajarishi ko'zda tutilgan", – deyiladi maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish