Misr ommaviy axborot vositalari SHHTning raqamli kun tartibi haqida yozmoqda
Sentabr 05, 2025. 12:49 • 2 daq
• 40
QOHIRA, 5-sentabr. /"Dunyo" AA/. Misrning "Al-Diplomasi" elektron nashrida "SHHT raqamli kun tartibi: deklaratsiyalardan amaliy harakatlargacha" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Shanxay hamkorlik tashkiloti o'zining raqamli kun tartibini amalga oshirishda muhim bosqichga kirdi, – deyilgan maqolada. – So'nggi besh yil ichida tashkilot raqamlashtirishni tobora faol ravishda deyarli barcha yo'nalishlarga — elektron boshqaruv va transchegaraviy savdodan tortib kiberxavfsizlik, infratuzilma rivojlantirish hamda sun'iy intellektgacha joriy etmoqda".
Biroq, deklaratsiyalardan amaliyotga o'tilar ekan, SHHT texnologik nomutanosibliklar, suverenitetlar o'rtasidagi raqobat va tashqi geosiyosiy bosimlar bilan belgilanadigan murakkab sharoitga duch kelmoqda
Nashrda SHHTning raqamli transformatsiya strategiyasi keng qamrovli va o'z vaqtida ishlab chiqilgani ta'kidlangan. Bu global boshqaruvdagi bo'shliqlarni to'ldirishga intilayotgan mintaqaviy tashkilotlar tendensiyasini aks ettiradi. Biroq ambitsiya o'zi yetarli emas. Agar SHHT tarkibiy tafovutlarni bartaraf etmasa, me'yoriy uyg'unlikni mustahkamlasa va a'zo davlatlar o'rtasida birdamlikni kuchaytirmasa, raqamli kun tartibi faqat deklarativ tus olib, strategik qiymatini yo'qotishi mumkin.
"Raqamli makon ta'sir uchun yangi maydonga aylangan bir paytda, SHHT o'z tanlovini qilishi kerak: u mustaqil suveren davlatlarning bo'sh forumigina bo'lib qoladimi yoki mintaqaviy raqamli tartibni shakllantira oladigan integratsiyalashgan blokka aylanadimi? kabi muhim savollar maqola kun tartibida ochiq qoldirilgan", – deb yozgan muallif.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam