Logo

Norvegiya nashri: Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning yangi sahifasi ochilmoqda

Noyabr 24, 2025. 15:56 • 2 daq

76
Norvegiya nashri: Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning yangi sahifasi ochilmoqda

OSLO, 24-noyabr. /"Dunyo" AA/. Norvegiyaning "Geopolitika" nashrida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yakunlariga doir tahliliy maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xorijiy ommaviy axborot vositalari va ekspertlar hamjamiyati yaqinda Toshkentda bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yakunlarini sharhlashda davom etmoqda.

Xususan, Norvegiyaning "Geopolitika" tahliliy jurnalining yozishicha, Toshkent sammiti haqiqatan ham Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligining yangi sahifasini ochgan.

"Global noaniqlik, strategik raqobat va dunyoda iqtisodiy inqirozlar ro'y berayotgan davrda Markaziy Osiyo barqaror, istiqbolli va xalqaro diplomatiya uchun o'ziga xos mintaqaga aylanmoqda. Yevropa Ittifoqi, AQSH, Xitoy va boshqa yetakchi davlatlarning mintaqaga bo'lgan qiziqishi tobora ortib borayapti," – deyiladi nashrda.

Maqolada yettinchi Maslahat uchrashuvi davomida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlari o'rtasida yirik qo'shma-qarorlar qabul qilinganiga to'xtalib o'tilgan. Bunday istiqbolli hamkorlik aloqalari Osiyodan Yevropagacha cho'zilgan yangi geosiyosiy va geoiqtisodiy bo'lgan yirik loyihalarning vujudga kelishiga zamin yaratadi.

Nashr Yevroosiyo markazida yuzaga kelayotgan yangi hodisaning siyosiy nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega ekanini alohida ta'kidlaydi. "Tarixi, madaniyati va til jihatidan yaqin bo'lgan olti davlatning yangi platformasi – barqarorlik, o'zaro hurmat va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan dalolat beradi," – deya xulosa qiladi "Geopolitika"nashri.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish