Norvegiyaning global siyosatning dolzarb muammolarini o'rganishga ixtisoslashgan nashrida JIDU prorektori bilan intervyu e'lon qilindi
Iyul 23, 2025. 07:24 • 50 soniya
• 77
OSLO, 23-iyul. /"Dunyo" AA/. Norvegiyaning "Geopolitika" jurnalida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) birinchi prorektori Akram Umarov bilan suhbat chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Intervyuda so'nggi yillarda O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi hamda modernizatsiyasining asosiy trendlari haqida so'z yuritilgan.
Shuningdek, Markaziy Osiyodagi murakkab geosiyosiy vaziyat bilan bog'liq muammolarni muvaffaqiyatli minimallashtirish va hal etish hamda ochiq dengiz savdo yo'lagiga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkonini bermaydigan sharoitda respublika uchun samarali tashqi siyosat strategiyasini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
"O'zbekiston-Norvegiya munosabatlariga kelsak, ikki davlat o'rtasida profilaktik diplomatiya va tinchlikni mustahkamlash, barqaror rivojlanish, ekologiya va ta'lim sohalarida tajriba almashish kabi yo'nalishlarda o'zaro hamkorlik salohiyati ortib bormoqda", – degan JIDU prorektori.
"Geopolitika" jurnali zamonaviy global siyosatning dolzarb muammolarini o'rganish va tahlil qilishga ixtisoslashgan. Jurnal bosh muharriri Xenrik Verenshyold joriy yil iyun oyida O'zbekistonda bo'ldi. Safar davomida u O'zbekiston ilmiy-tadqiqot markazlari va ekspertlar hamjamiyati bilan uchrashuvlar o'tkazdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida