Logo

"TVP Sport" portali: O'zbekistonning jahon chempionatiga chiqqani mamlakat va uning futboli uchun olamshumul yutuq

Iyun 09, 2025. 18:31 • 50 soniya

59
"TVP Sport" portali: O'zbekistonning jahon chempionatiga chiqqani mamlakat va uning futboli uchun olamshumul yutuq

VARSHAVA, 10-iyun. /"Dunyo" AA/. Polshaning ommabop "TVP Sport" portalida "JCh-2026 saralash o'yinlari. O'zbekiston va Iordaniya tarixda ilk marotaba mundialda" sarlavhali maqola e'lon qildi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o'z tarixida ilk bor jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. O'zbekiston ushbu natijani Birlashgan Arab Amirliklari bilan o'yinda, Iordaniya esa O'mon bilan bahsda qo'lga kiritdi", – deyilgan maqolada.


Nashrda O'zbekiston ushbu muhim bosqich sari uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgani ta'kidlandi. "1991-yilda mustaqillikka erishganidan buyon O'zbekiston yettita sikilda muvaffaqiyasizlikka uchragan. So'nggi saralash bosqichida esa butun mamlakat orzulari ushaldi. O'zbekiston jahon chempionatiga yo'l oldi", – deb yozilgan materialda


Shuningdek, maqolada O'zbekiston terma jamoasining Osiyo hududi saralash bosqichidagi o'yinlari batafsil yoritilgan. Qayd etilganidek, O'zbekiston terma jamoasi Eron, BAA, Qatar, Qirg'iziston va Shimoliy Koreya bilan raqobatlashgan "A" guruhida ishonchli va barqaror o'yin ko'rsatdi.


"TVP Sport" da e'lon qilingan material "O'zbekistonning jahon chempionatiga chiqqani mamlakat va uning futboli uchun olamshumul yutuq", – degan so'zlar bilan yakunlangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish