Logo

"Portfolio" nashri: Buxoroda o'tayotgan zamonaviy san'at biyennalesi xalqaro e'tirofga sazovor bo'ldi

Oktabr 29, 2025. 12:21 • 2 daq

63
"Portfolio" nashri: Buxoroda o'tayotgan zamonaviy san'at biyennalesi xalqaro e'tirofga sazovor bo'ldi

TEL-AVIV, 30-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Isroilning "Portfolio" san'at va sayyohlik sohasini yoritishga ixtisoslashgan elektron portalida san'atshunos Vera Geylis tomonidan tayyorlangan "Singan qalblar uchun retseptlar: Birinchi Buxoro biyennalesi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ta'kidlanganidek, Buxoroda o'tkazilayotgan mazkur biyennale – nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo hududi uchun misli ko'rilmagan miqyosdagi madaniy voqeadir. U tarixiy Buxoro markazida, asrlar davomida Sharq va G'arbni bog'lab turgan Buyuk ipak yo'li chorrahasida tashkil etilgani bilan ahamiyatlidir.

Ushbu keng ko'lamli tadbir doirasida O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Braziliya, Janubiy Koreya, Xitoy va Ko'rfaz arab mamlakatlaridan kelgan o'nlab rassom va hunarmandlar ishtirok etmoqda. biyennaliye O'zbekistonni nafaqat sayyohlik maskani, balki zamonaviy san'atning jahon xaritasiga yangi madaniy markaz sifatida kirib kelayotgani ko'rsatdi.

"Tashkilotchilar ko'rgazmalar orqali hunarmandchilik, jamoaviy xotira va tarixni uyg'unlashtirgan muhit yaratishga muvaffaq bo'lgan. Biyennaliye ochilganidan so'nggi ilk bir oydayoq 1 millionga yaqin mehmon tashrif buyurgani bu tadbirning muvaffaqiyatidan dalolat

beradi", – deyilgan maqolada.

Buxoro biyennalesini Kiyev va Tbilisidagi shunga o'xshash tadbirlardan farqli ravishda siyosatdan yiroq, go'zallik va poeziyani targ'ib etuvchi haqiqiy san'at bayrami sifatida xalqaro maydonda ham katta qiziqish uyg'otgan.

Maqola xulosasida yozilganidek, "Jahonning yetakchi san'at nashrlari va veb-saytlari biyennaliyeni Markaziy Osiyo uchun katta yutuq, deb baholab, she'riyat, hunarmandchilik va jamoatchilik o'rtasidagi muvozanatni yuksak darajada yaratilganini ta'kidlagan".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish