Rossiya OAV: O'zbekiston Prezidenti "INNOPROM. Markaziy Osiyo" ko'rgazmasi ekspozitsiyasini yuqori baholadi
Aprel 28, 2025. 18:55 • 1 daq
• 63
MOSKVA, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. Rossiya OAV O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahrida ochilgan "INNOPROM. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko'rgazmasi ekspozitsiyasini ko'zdan kechirgani haqidagi maqolalarni tarqatdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"TASS" axborot agentligining ta'kidlashicha, "INNOPROM. Markaziy Osiyo" 5-yubiley xalqaro sanoat ko'rgazmasi Toshkentda bo'lib o'tmoqda.
"28-30-aprel kunlari O'zbekistonning yetakchi kompaniyalari 500 dan ortiq sanoat mahsulotlari namunalarini taqdim etadi. Ko'rgazmaga Saudiya Arabistoni, Turkiya, Xitoy va BAA kabi 12 davlatdan delegatsiyalar kelishi kutilmoqda. Ishtirokchilarning umumiy kutilayotgan soni 10 mingdan ortiq kishini tashkil etadi", – deyilgan nashrda.
"Lenta novostey Tatarstana" axborot agentligining yozishicha, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "INNOPROM. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko'rgazmasiga tashrifi davomida Tatariston stendi bilan tanishdi. O'zbekiston Prezidentiga Tatariston Raisi Rustam Minnixonov hamrohlik qildi.
"Tatariston ko'rgazmada o'z mahsulotlarini alohida stendda taqdim etyapti. Ishtirokchilar orasida Qozon vertolyot zavodi, "KMPO", "Ximgrad", "Master", "Tatlift" va "Eydos Meditsina" kabi korxonalar bor. "KAMAZ" zavodi esa o'z mahsulotlarini alohida stendda namoyish etmoqda", – deya qayd etgan nashr.
Maqolada, shuningdek, Toshkentda bo'lib o'tayotgan "INNOPROM. Markaziy Osiyo" ko'rgazmasi mintaqadagi savdo-sanoat hamkorligining muhim voqeasi ekanligi va Tatariston ushbu tadbirning eng yaqin hamkori hisoblanishi ta'kidlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida