Singapurning "The Business Times" nashrida O'zbekistonning tarixiy shaharlari haqida maqola e'lon qilindi
Avgust 08, 2025. 09:15 • 2 daq
• 90
SINGAPUR, 8-avgust. /"Dunyo" AA Singapurning eng nufuzli nashrlaridan biri bo'lgan "The Business Times" gazetasida O'zbekistonning qadimiy shaharlari Samarqand, Buxoro va Xiva haqida keng qamrovli maqola chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada O'zbekistonning boy tarixiy merosi, me'moriy yodgorliklari, zamonaviy turizm infratuzilmasi hamda xalqimizning qadimiy urf-odatlari yorqin ifodalangan. Samarqand shahri haqida alohida e'tibor bilan so'z yuritilib, Registon maydoni, Go'ri Amir maqbarasi, Bibi Xonim masjidi va Shohi Zinda majmuasi batafsil tasvirlangan. Mualliflar bu muqaddas maskanlarning tarixiy va me'moriy ahamiyatini chuqur tahlil etgan.
Buxoro shahri esa maqolada qadimiy Ark qal'asi, Eski shahar ko'chalari va kechki paytdagi jonli hayot manzaralari bilan tasvirlangan. Mualliflar Buxoroning o'ziga xos atmosferasini yorqin ifodalab, bu yerga tashrif buyurgan har bir sayyoh o'zini go'yo tarix bag'rida yurgandek his qilishini ta'kidlagan.
Shuningdek, mehmonlarning Xiva shahriga safari ham alohida e'tiborga loyiq deb topilgan. Xususan, Ichan Qal'a majmuasi va Kalta Minor mualliflarda chuqur taassurot qoldirgan. O'zbekistonning mustaqillikka erishganidan keyingi taraqqiyot yo'li ham yoritilib, mamlakatimizda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, turizm sohasi rivojiga qaratilayotgan e'tibor alohida qayd etilgan.
"The Business Times" jurnalistlari o'zbek xalqining mehmondo'stligi, ochiq ko'ngilliligi va bag'rikengligini e'tirof etgan holda, mamlakatga tashrif buyurgan har bir sayyoh o'zini mehmon emas, balki aziz inson sifatida his qilishini ta'kidlashgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam