Logo

"Europa Press": O'zbekiston va YI bilan har jabhada hamkorlik aloqalarini rivojlanmoqda

Oktabr 28, 2025. 10:15 • 2 daq

37
"Europa Press": O'zbekiston va YI bilan har jabhada hamkorlik aloqalarini rivojlanmoqda

MADRID, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning yetakchi "Europa Press" nashrida "Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston savdo hamkorligini kuchaytirish orqali munosabatlarni mustahkamlamoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasida yangi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolangani va bu orqali savdo munosabatlari yanada mustahkamlanishi, Toshkent bilan energetika, kiberxavfsizlik hamda kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlikning yangi shakllari joriy etilayotgani ma'lum qiligan.

Ispaniya OAV yozganidek, bitim Bryusselda Yevropa kengashi Prezidenti Antonio Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen va O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida imzolandi.

Ushbu kelishuv Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash strategiyasining bir qismi sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni faol rivojlantirayotgan bir paytda amalga oshirildi.

"Tomonlarning qo'shma bayonotiga ko'ra, ushbu muhim bosqich bilan Bryussel va Toshkent savdo diversifikatsiyasi va barqaror rivojlanish bo'yicha muloqotni kuchaytirmoqda, farovonlik, barqarorlik va mintaqaviy integratsiyani rag'batlantirmoqda. Ushbu yangi maqom kiberxavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, chegara xavfsizligi va gibrid tahdidlarning oldini olish sohalarida hamkorlikning yangi yo'nalishlarini ochishga qaratilgan", – deyilgan maqolada.

Shuningdek, hujjat mintaqaning Osiyoga asosiy tijorat yo'lagi sifatida strategik ahamiyatini hisobga olgan holda "Global darvoza" investitsiya loyihasi orqali raqamli kommunikatsiyalar va barqaror transport sohasida mustahkam aloqalarni rivojlantirishga yordam beradi.

"Ushbu kelishuv ikki tomonlama savdo va investitsiyalarimizni kengaytirish va diversifikatsiyalashga, iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishga hissa qo'shadi. Shuningdek, vizalarni soddalashtirish va migransiyani tartibga solishda bo'yicha kelishuvlarga yo'l ochadi", – deya urg'ulangan "Europa Press" maqolasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish