Toshkent xalqaro investitsiya forumi va uning doirasida bo'lib o'tgan tadbirlar Italiya OAV diqqat markazida
Iyun 16, 2025. 07:22 • 2 daq
• 59
RIM, 16-iyun. /"Dunyo" AA/. Italiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumini keng yoritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, "Agenzia Stampa Italia" "O'zbekiston: Lombardiya innovatsiya va rivojlanish modeli sifatida Attilio Fontana va Prezident Shavkat Mirziyoyev uchrashuvining asosiy mavzusiga aylandi" sarlavhali maqolani e'lon qildi.
Unda Italiyaning Lombardiya viloyati prezidenti Attilio Fontananing yurtimizga seshanba kuni boshlangan rasmiy tashrifi doirasida Toshkentda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgani ma'lum qilingan. "Muzokaralar chog'ida qishloq xo'jaligi va ishlab chiqarish sohasini sanoatni modernizatsiya qilish, avtomatlashtirish va ilg'or etishtirish usullariga asoslangan agrosanoat klasterlarini rivojlantirish, shuningdek, Italiya kompaniyalari, ayniqsa farmatsevtika va qurilish materiallari sanoatida qo'shma korxonalar tashkil etish orqali sanoatni diversifikatsiya qilishga ko'maklashish bilan bog'liq strategik masalalar muhokama qilindi", – deyilgan materialda.
Nashrda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya delegatsiyasini samimiy qutlar ekan, Lombardiya innovatsiyalar va barqaror rivojlanish sohasida Yevropa va Osiyo o'rtasidagi ko'prik sifatidagi strategik ahamiyatini ta'kidlagani qayd etilgan.
Maqolada, shuningdek, Italiyaning Lombardiya viloyati prezidenti Attilio Fontana tashrif davomida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashgani haqida ham yozilgan.
Italiyaning "Giornale Diplomatico" poytaxtimizda bo'lib o'tgan to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forum haqidagi yozdi.
"10 iyun kuni O'zbekiston poytaxtida to'rtinchi bor Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) rasman ochildi. Forumda 8000 dan ortiq delegat ishtirok etdi, shundan qariyb 3000 nafari 100 ga yaqin davlatdan kelgan xorijiy mehmonlardir", – deya ma'lum qilingan maqolada
Nashrda ta'kidlanganidek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochilish forumning asosiy yalpi majlisidagi nutqida mamlakatning strategik ustuvor yo'nalishlari, jumladan, "yashil" iqtisodiyotga o'tish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, moliya tizimini modernizatsiya qilish, muhim foydali qazilmalarga jahon talabining o'sishini alohida qayd etdi.
"O'zbekiston yetakchisi, shuningdek, to'liq ishlab chiqarish siklini — geologiya-qidiruv ishlaridan tortib to yakuniy mahsulot chiqarishgacha bo'lgan davrni amalga oshiruvchi investorlar uchun soliq imtiyozlarini e'lon qildi", – deb yozgan "Giornale Diplomatico" .
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida