Logo

Qirg'iziston OAV: O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasida savdo va kooperatsiyani rag'batlantirish bo'yicha alohida dastur qabul qilindi

Iyul 16, 2025. 09:55 • 59 soniya

79
Qirg'iziston OAV: O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasida savdo va kooperatsiyani rag'batlantirish bo'yicha alohida dastur qabul qilindi

BISHKEK, 16-iyul. /"Dunyo" AA/. Qirg'izistonning ommabop "Alliance-press.kg" axborot-tahliliy portalida "O'zbekiston tashabbuslari ikki tomonlama va ko'p tomonlama formatlarda hamkorlikni faollashtiradi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada davlatimiz rahbarining joriy yilning 2-4-iyul kunlari Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifi tafsilotlari qalamga olingan.

"O'zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga davlat tashrifi arafasida Xiva shahrida birinchi Parlamentlararo forum, Bokuda esa Hududlar forumi bo'lib o'tdi. Andijonda birinchi rektorlar forumi tashkil etildi. O'zbekistonda "Ozarbayjon" bog'i va noyob "See Breaze" sayyohlik majmuasi bunyod etish loyihalari ustida faol ish olib borilmoqda. Tashrif kunlari Boku shahrida "O'zbekiston" bog'i qurilishiga start berildi va O'zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasining yangi binosi ochildi", – deb yozgan muallif.

Shuningdek, davlat tashrif doirasida o'tkazilgan muzokaralar chog'ida ikki tomonlama savdo va investitsiyalar hajmini yaqin yillarda 1 milliard dollarga yetkazish bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar yuzasidan kelishib olingani ta'kidlangan.

"Savdo va kooperatsiyani rag'batlantirish bo'yicha alohida dastur qabul qilindi. Ikki tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida qo'shma investitsiya kompaniyasi faoliyati kengaytiriladi, yangi formatlar – Tadbirkorlar kengashi hamda Sanoat va iqtisodiy zonalar forumi tashkil etiladi", – deya qayd etilgan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish