"Bernama" AA: Xiva shahridagi "Ichan qal'a" va "Arda Xiva" majmualarida an'anaviy "Qovun sayli" festivali bo'lib o'tadi
Iyul 18, 2025. 07:47 • 2 daq
• 45
KUALA-LUMPUR, 18-iyul. / "Dunyo" AA/. Malayziyaning "Bernama" axborot agentligi "O'zbekistonning Xiva shahri avgust oyida "Qovun sayli" festivaliga mezbonlik qiladi" sarlavhali maqolani e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda O'zbekiston turizm salohiyatini keng targ'ib etish, jumladan, Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida joriy yilning 8-10-avgust kunlari Xiva shahrida – "Ichan qal'a" va "Arda Xiva" majmualarida an'anaviy "Qovun sayli" festivali bo'lib o'tishi ma'lum qilingan.
"Turizm qo'mitasi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan festival doirasida viloyatning shahar-tumanlari o'z hududlarida yetishtirilgan shirin qovunlarning ko'rgazma-savdosini o'tkazadi. Pavilyonlar hududiy rang-baranglik asosida bayramona bezatiladi. Viloyat dehqonlari o'tgan yili bo'lib o'tgan festivalda 125 turdagi qovunni namoyish etgan bo'lsalar, joriy yil ham turli hududlardan kelgan fermerlar o'z qovun navlarini an'anaviy naqshlar bilan bezatilgan pavilyonlarda taqdim etadi", – deyilgan maqolada.
"Bernama" axborot agentligi xabar qilganidek, festival kunlari teatrlashtirilgan sahnalar, qo'g'irchoq teatri va milliy liboslar namoyishi, milliy taomlar, Xorazm nonlari va hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmalari, badiiy jamoalar, folklor guruhlarining jonli ijro chiqishlari, mahorat darslari, tasviriy va amaliy san'at asarlari ko'rgazmasi tashkil etiladi.
"Festivalning asosiy tadbirlari mahalliy va xorijiy yulduzlar ishtirokidagi gala konsertlar bilan 8-9 avgust kunlari "Ichan qal'a" va 10 avgust kuni "Arda Xiva" turizm majmualarida bo'lib o'tadi", – deya urg'ulangan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida