Polsha OAV: So'nggi 8 yilda Yangi O'zbekistonda 113 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiya o'zlashtirildi
Sentabr 05, 2025. 09:50 • 54 soniya
• 25
VARSHAVA, 5-sentabr. /"Dunyo" AA/. Polshaning "Eurogospodarka.eu" elektron nashrida "So'nggi 8 yilda Yangi O'zbekistonda 113 milliard dollar miqdoridagi xorijiy investitsiya o'zlashtirildi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Xalqaro valyuta jamg'armasining so'nggi xulosalariga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyoti barqaror o'sish sur'atlarini namoyon qilmqoda, – deb yozgan muallif. – Byudjet va tashqi savdo balanslarining yaxshilanishi, valyuta zaxiralarining yetarli darajada saqlanishi konstruktiv islohotlarning samaradorligini tasdiqlaydi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor iqtisodiyotiga o'tish siyosati va davlat-tashabbuskorlik uyg'unligi Yangi O'zbekistonni bunyod etishga xizmat qilmoqda".
Ma'lum qilinishicha, 2017–2024-yillar davomida mamlakatga kiritilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar 113 milliard dollardan oshdi. Industrializatsiya jarayonlari va eksportga yo'naltirilgan siyosat tufayli O'zbekiston eksport geografiyasini 186 mamlakatgacha kengaytirdi. Xomashyo eksportidan tayyor mahsulot va xizmatlar eksportiga o'tish hisobiga eksport hajmi o'sib bormoqda, bu esa milliy brendlarning xalqaro bozorlarda tan olinishiga olib kelmoqda.
"O'zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik islohotlari va davlat funksiyalarining qisqartirilishi tadbirkorlik faoliyatini yengillashtirdi. Xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan ham mamlakatdagi islohotlar ijobiy baholanmoqda", – deya urg'ulangan nashrda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam