Ukraina OAV: O‘zbekistonda ikki ming uch yuz yillik qalʼa-shahar topildi
Noyabr 29, 2025. 10:44 • 2 daq
• 79
KIYEV, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. Arxeologlar O‘zbekistonda 2300 yildan ko‘proq vaqt oldin mavjud bo‘lgan qalʼa-shahar qoldiqlarini topdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ukrainaning nufuzli “The New Voice” nashrida yozilishicha, mahalliy aholi ushbu diqqatga sazovor joyni “Baburtepa” nomi bilan biladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, shahar taxminan ming yil davomida aholi yashagan maskan bo‘lgan.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda keltirilishicha, shahar 6 gektar (14,8 akr) maydonni egallagan va ehtimol, Buxoroni Xorazm bilan bog‘laydigan muhim savdo markazi bo‘lib xizmat qilgan.
“Ikki yil davomida arxeologlar uchta sektorda qazish ishlarini olib bordi va mustahkamlash inshootlarining qoldiqlarini – qalʼa, qo‘riqlash postlari va mudofaa devorlarini topdi. Loyiha rahbari Sanjar Abdurahimovning taʼkidlashicha, shaharning markaziy qismi, ehtimol, saroy yoki marosim zali vazifasini bajargan. Bu yerda ular keng xonani, unga tutash xonalarni va o‘sha davrning badiiy anʼanalari haqida tasavvur beruvchi yorqin devoriy suratlar (freskalar) parchalarini topgan”, – deb yozgan maqola muallifi.
Shahar hunarmandchilik ishlab chiqarish markazi bo‘lgan. Arxeologlar kulolchilik ustaxonalari, toshga ishlov berish joylari, katta hajmli saqlash idishlari va ko‘plab sopol buyumlarni topishga muvaffaq bo‘ldi .
“Bu kashfiyot Qashqadaryo vohasida arxeologik faollikning kuchayishi fonida sodir bo‘ldi. 2025 yilda tadqiqotchilar 100 dan ortiq avval hujjatlashtirilmagan yodgorliklarni ro‘yxatga oldi. Samarqand instituti qazish ishlarini uzoq muddatli loyiha sifatida davom ettirishni rejalashtirmoqda”, – deya qayd etilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
Kuvayt OAV: O‘zbekiston turistlar uchun jozibali mamlakatga aylanmoqda