Logo

Saudiya Arabistonining yetakchi telekanalida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan ko'rsatuv namoyish etildi

Oktabr 29, 2025. 09:30 • 31 soniya

64
Saudiya Arabistonining yetakchi telekanalida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan ko'rsatuv namoyish etildi

AR-RIYOZ, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining ommabop "Al-Arabiya" telekanalida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan ko'rsatuv efirga uzatildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Teledasturda O'zbekistonning qadimiy tamaddun o'chog'i, islom taraqqiyoti beshigi ekanligi ta'kidlangan. Shuningdek, tarixiy shaharlardagi noyob arxitektura namunalari va madaniy meros, masjidlar ko'pligi, o'zbek xalqining turistlarga nisbatan mehmondo'stligi, milliy o'zbek oshxonasi O'zbekistonni arab sayyohlari uchun eng munosib maskanlardan biri sifatida namoyon qilayotgani urg'ulangan.

Ko'rsatuvda YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlar haqidagi ma'lumotlar va lavhalar ham tomoshabinlar e'tiboriga taqdim etilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish