Turkiyadan munosabat: Markaziy Osiyo mintaqaviylikdan globallik sari shaxdam qadam tashlamoqda
Noyabr 18, 2025. 16:39 • 2 daq
• 96
ANQARA, 18-noyabr. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning ANKASAM – Anqara inqiroz va siyosatni o'rganish markazi direktori, professor Mehmet Seyfeddin Erol "Dunyo" AA uchun intervyusida Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvlari haqida fikr bildirdi:

– Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi bir qancha jihati bilan tarixiy tadbir bo'ldi. Uning doirasida yangi O'zbekistonning tashabbus va takliflari, hech shubhasiz, Markaziy Osiyoni mintaqaviylikdan globallik sari shaxdam qadamlar bilan olg'a intilayotganini ko'rsatib turibdi. Ozarbayjoning maslahat yig'ilishiga to'la qonli a'zo bo'lib kirayotgani ham ushbu uchrashuvlarning mavqeyini yanada oshirmoqda.
Markaziy Osiyo endilikda muammolarni kelishib hal qiladigan hamjihat siyosiy irodaga ega bir mintaqaga aylanganini kuzatdik. Oxirgi yig'ilishda bildirilgan O'zbekiston yetakchisi tomonidan bildirilgan "Markaziy Osiyo hamjamiyati" strategik formatini ta'sis etish tashabbusi mintaqaning jiddiy ma'noda iqtisodiy va siyosiy jihatdan integratsiya jarayoniga intilayotganini ko'rsatadi. Chuqurroq qaralsa, O'zbekiston o'z qo'shnilari bilan yaratgan do'stona munosabatlar muhitini Markaziy Osiyo o'laroq yanada keng geografiyada aks ettirishni taklif etmoqda.
Mintaqada transport bog'liqligini rivojlantirib, salohiyatni to'liq yuzaga chiqarish uchun "Xitoy–Qirg'iziston–O'zbekiston" temir yo'li, Transafg'on transport yo'lagi qurilishi kabi loyihalarga ustuvor ahamiyat berilayotgani ham juda muhim. Bu o'rinda Xitoyning "Bir belbog', bir yo'l" loyihasi hamda mintaqani Yevropa mamlakatlari bilan bog'laydigan Transkaspiy koridori imkoniyatlaridan keng ro'yobga chiqarishga zamin yaratadi.
Maslahat uchrashuvlarida yana bir muhim jihatga – suv taqchilligi va iqlim o'zgarishi masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026–2036-yillarni "Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo'yicha amaliy harakatlar o'n yilligi" deb e'lon qilishni taklif etdi. Bu ham mintaqadagi suv taqchilligi kabi muhim masalalarni hamjihatlikda hal qilishga qaratilgan muhim tashabbusdir.
Fursatdan foydalanib, avvalo, Shavkat Mirziyoyevga hamda tadbirda qatnashgan barcha davlat rahbarlariga Anqaradan o'zimning chuqur minnatdorchiligimni izhor qilaman. Aminmanki, yangi O'zbekiston bundan keyin ham o'zining kuchli intilishlarini davom ettiradi va global sahnada namunaviy model o'laroq o'ziga munosib o'rin oladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi