O'zbekiston bokschilarining Liverpulda bo'lib o'tgan jahon chempionatida qo'lga kiritgan yuksak natijalari Pokiston OAV diqqat markazida
Sentabr 18, 2025. 11:55 • 2 daq
• 43
ISLOMOBOD, 18-sentabr. /"Dunyo" AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalarida Angliyaning Liverpul shahrida bo'lib o'tgan boks bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasining ishtirokini keng yoritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan "Associated Press of Pakistan – APP" markaziy axborot agentligi, "Global News Pakistan" axborot agentligi, "The Diplomatic Insight" va "Pakistan in the World" jurnallari, "Pakistan Today", "World Tribune" va "The Khyber Mail" gazetalari, "Margalla Tribune", "Election Times" va "World News" yangiliklar onlayn platformalarida O'zbekiston bokschilarining mazkur dunyo birinchiligida erishgan yuksak natijalariga bag'ishlangan turkum maqolalar e'lon qilindi.
Pokiston nashrlarida joriy yil 4-14-sentabr kunlari ilk marta "World Boxing" tashkiloti shafeligi ostida o'tkazilgan jahon chempionatida dunyoning 68 davlatdan 540 nafar bokschi 20 ta medal to'plami uchun ringga ko'tarilgani, yakunda O'zbekiston terma jamoasi tarixiy yutuqni ko'lga kiritgani e'tirof etilgan.
"Chempionatda turli vazn toifalarida erkaklar va ayollar yo'nalishlarida ishtirok etish uchun 18 nafar sportchi bilan qatnashgan O'zbekiston delegatsiyasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza jami 11 ta medalga ega chiqdi. Ushbu natija bilan O'zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinda qayd etdi.
"O'zbekiston erkaklar jamoasi 6 ta oltin va 1 ta kumush birinchi bo'ldi. O'zbekiston erkaklar jamoasi mamlakat uchun jahon chempionatidagi rekord natijani o'rnatdi. Erkaklar orasidagi barcha oltin medallar faqatgina o'zbekistonlik va qozog'istonlik bokschilar tomonidan qo'lga kiritildi. Bu holat Markaziy Osiyoning jahon boksidagi ustunligini yana bir bor tasdiqladi", – deyilgan Pokiston OAV tarqatgan maqolalarda.
Nashrlarda To'rabek Habibullayev, Akmaljon Isroilov, Javohir Ummataliyev va Fazliddin Erkinboyev kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlaridagi debyut ishtirokidayoq oltin medalni ega chiqqani, Asadxo'ja Muydinxo'jayev va Abdumalik Xalokov esa ikki karra jahon chempioni sifatida tarixga kirgani urg'ulangan.
Pokiston ommaviy axborot vositalari tarqatgan maqolalar xulosasida "Liverpuldagi O'zbekiston sportchilarining ajoyib ishtiroki va qo'lga kiritgan yutuqlari mamlakatning boks sohasidagi sharafli an'analarini yanada mustahkamladi hamda "World Boxing" tashkiloti boshchiligidagi yangi davrda ham yetakchi bo'lish salohiyatini namoyish etdi", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam