"Levante": O'zbekiston Valensiyada chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha ilg'or tajribalar bilan tanishdi
Noyabr 27, 2025. 15:33 • 2 daq
• 167
VALENSIYA, 27-noyabr. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning nufuzli "Levante" nashrida O'zbekiston delegatsiyasining Valensiyaning Kaudete-de-Las-Fuentes munitsipalitetidagi chiqindilarni qayta ishlash zavodiga qilgan ekskursiyasi haqida maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada ta'kidlanishicha, O'zbekiston delegatsiyasi "Valencia Interior" (CVI) konsorsiumi tomonidan qo'llanilayotgan chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish modelini batafsil o'rganishga qiziqish bildirgan.
Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad – zavod faoliyati bilan yaqindan tanishish, zavodda qo'llanilayotgan texnologiya va chiqindilarni qayta ishlash tizimini o'rganish hamda ushbu ilg'or tajribalarni O'zbekistonda qo'llashdan iborat.
Delegatsiya tarkibiga Qoraqalpog'iston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Leyli Seitova, O'zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining "Sustainable Solid Waste Management" loyihasi rahbari Umrbek Sabirov hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi vakillari kirgan.
"Zavod yiliga 40 ming tonna chiqindini qayta ishlash quvvatiga ega. Ushbu korxonada chiqindilar utilizatsiya qilinib, yangi ishlab chiqarish jarayonlariga yo'naltiriladi", – deb yozadi nashr.
Ekskursiya davomida delegatsiya a'zolari plastik, metall, karton va shishani selektiv ajratib olish texnologiyalari, tromellar, separatorlar, magnit va induktiv tizimlar bilan tanishish imkoniga ega bo'lgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi