Logo

Kuvayt OAV: Al-Kuvaytda bugun "O'zbekiston – Ipak yo'lining durdonasi" mavzusida turizm forumi bo'lib o'tadi

Iyul 08, 2025. 07:30 • 3 daq

74
Kuvayt OAV: Al-Kuvaytda bugun "O'zbekiston – Ipak yo'lining durdonasi" mavzusida turizm forumi bo'lib o'tadi

AL-KUVAYT, 8-iyul. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning yetakchi ommaviy axborot vositalari O'zbekiton sayyohlik salohiyatini keng yoritishda davom etmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, ushbu davlatning "Times Kuwait" gazetasi "O'zbekiston – Ipak yo'lining durdonasi": turizm forumi Kuvayt-O'zbekiston munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi", "Q8 Press" elektron nashri esa "O'zbekiston va Kuvayt: turizm sohasidagi yangi ufqlar" sarlavhali maqolalarni o'z o'quvchilari e'tiboriga taqdim qildi.

Mazkur maqolalar O'zbekiston Turizm qo'mitasi raisi Umid Shodiyev bilan suhbat asosida tayyorlangan. "Bugungi kunda jahon turizmi jadal rivojlanib borayotgan bir paytda, men faxr bilan aytishim mumkinki, O'zbekiston xalqaro turizm maydonida faol ishtirokchi sifatida maydonga chiqmoqda. Boy madaniy va tarixiy merosimizni namoyish etish bilan birga, biz izchil ochiqlik siyosati, global hamkorlikka tayyorlik va turizm industriyasini rivojlantirishga innovatsion yondashuvni namoyish etmoqdamiz", – degan Qo'mita raisi.

Qayd etilishicha, ushbu strategiyaning eng yorqin misollaridan biri Al-Kuvayt shahridagi elchixona tashkil etilayotgan O'zbekiston-Kuvayt turizm forumidir. Ushbu tadbir Ko'rfaz mintaqasidagi asosiy hamkorlarimizdan biri bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va turizm sohasida aloqalarni kengaytirish yo'lidagi muhim qadamdir.

Umid Shodiyev ta'kidiga ko'ra, forum davomida bir qancha muhim tadbirlarni o'z ichiga olgan boy va dinamik dastur tayyorlagan: "O'zbekiston – Ipak yo'lining durdonasi" rasmiy taqdimoti, V2V va G2V formatlarida biznes muzokaralar hamda O'zbekistonning turizm imidjini har tomonlama targ'ib etishga qaratilgan keng ko'lamli "Road Show" tadbiri shular jumlasidandir.

"O'zbekiston – Ipak yo'li gavhari" mavzusidagi chuqur tarixiy haqiqatni aks ettiruvchi taqdimot dasturining o'ziga xos jihati bo'ladi. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlari asrlar davomida sivilizatsiyalar o'rtasida ko'prik, bilim, san'at va savdo markazlari bo'lib xizmat qilgan. Taqdimot doirasida madaniy-ma'rifiy, ziyorat, gastronomik, ekologik va tibbiy turizmning noyob yo'nalishlarini ko'rsatiladi", – deb yozilgan nashrlarda.

Quvayt OAV anjuman doirasida O'zbekistondagi YUNESKO tomonidan tan olingan joylar, o'zbek milliy oshxonasining eng sara taomlari va mahalliy hunarmandlarning yutuqlari namoyish etilishini xabar qilgan.

"Forumning biznes tarkibiy qismiga katta ahamiyat beramiz. B2B formatidagi uchrashuvlar davomida O'zbekistonning yetakchi turoperatorlari, mehmondo'stlik sektori va aviakompaniyalar vakillari Kuvaytdagi hamkasblari bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib boradi. Bu to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzishni osonlashtiradi va turistning ehtiyojlariga moslashtirilgan qo'shma tur paketlarini ishlab chiqishga yordam beradi. G2V uchrashuvlari, o'z navbatida, idoralararo va hukumatlararo masalalarni muhokama qilish uchun platforma bo'lib xizmat qiladi", – deya Umid Shodiyevning so'zlaridan iqtibos keltirilgan materiallarda.

Kuvayt nashrlari, shuningdek, forum dasturidan o'rin olgan "Road Show" haqida ham batafsil ma'lumot bergan. 

Maqolalar "O'zbekiston Turizm qo'mitasi raisining "Kuvaytlik sayyohlar uchun bizning eshiklarimiz doimo ochiq, ularni haqiqiy madaniy sayohatga taklif qilamiz. O'zbekistonga tashrif buyurgan har bir mehmon nafaqat tarixiy joylar taassuroti bilan, balki chinakam sharqona mehmondo'stlik, ma'naviy bog'liqlik va madaniyatimizga chuqur hurmat bilan ketishlarini istaymiz", – degan so'zlari bilan yakunlangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish