Vengriyaning yetakchi ommaviy ommaviy axborot vositalari O'zbekiston va YUNESKO hamkorligi haqida yozmoqda
Oktabr 30, 2025. 11:49 • 2 daq
• 41
BUDAPESHT, 30-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Vengriyaning "Eurasia Magazine" jurnalida "O'zbekiston va YUNESKO: ta'lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikning yangi bosqichi" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugungi kunda O'zbekiston ta'lim, fan, madaniyat va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni izchil mustahkamlamoqda, – deb yozilgan maqola muqaddimasida. – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat tashkiloti (YUNESKO) bilan hamkorlik bu jarayonda muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston 1993-yilda YUNESKOga a'zo bo'ldi – bu milliy ta'lim tizimi, ilmiy salohiyat va boy madaniy merosning global intellektual makonga integratsiyalashuviga yo'l ochgan tarixiy voqeadir".
Nashrda ta'kidlanishicha, 1996-yilda Toshkentda YUNESKO vakolatxonasining ochilishi ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berdi. Bundan tashqari, O'zbekistonning YUNESKO bo'yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi, u keyinchalik muloqot va sheriklik uchun faol platformaga aylandi.
O'zbekiston hozirda YUNESKOning Oliy ta'limda malakalarni tan olish bo'yicha global konvensiyasiga qo'shilish bo'yicha amaliy choralar ko'rmoqda. O'zbekiston va YUNESKO o'rtasidagi hamkorlikning eng samarali yo'nalishlaridan biri YUNESKO kafedralarini tashkil etishdir. Hozirda mamlakat universitetlarida to'qqizta shunday kafedra faoliyat yuritmoqda.
So'nggi yillarda O'zbekistonda ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarga qiziqish ortib bormoqda. Bunga 2018-yildan beri har yili o'tkazib kelinayotgan "InnoWeek.Uz" xalqaro innovatsiya g'oyalari haftaligi yorqin misol bo'la oladi. Bu fan va amaliyotni bog'lash, yosh tadqiqotchilarni innovatsiyalarga jalb qilish va global ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun noyob platformadir. 2024 yilda "InnoWeek.Uz" YUNESKO shafeligida tashkil etilgan "Tinchlik va barqaror kelajak uchun fan va innovatsiyalar" forumiga mezbonlik qildi. Forum dunyoning turli burchaklaridan kelgan yosh olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislarni tinchlik va barqaror rivojlanishni targ'ib qilishda ilm-fan va innovatsiyalarning roli haqida fikr almashish uchun birlashtirdi.
"YUNESKOning "Ta'lim, fan va madaniyat orqali tinchlikni o'rnatish" degan ezgu shiori e'lon qilganidek, ushbu tamoyil zamonaviy O'zbekiston siyosatining ham axloqiy, ham amaliy asosini o'zida mujassam etgan bo'lib, u ta'lim va fan orqali tinchlik, rivojlanish va farovonlikni yaratib, ishonch bilan oldinga siljimoqda", – deyilgan maqola xulosasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
Kuvayt OAV: O‘zbekiston turistlar uchun jozibali mamlakatga aylanmoqda