Logo

O'zbekistonning yangi elchisi Bishkekka yetib keldi

Sentabr 25, 2024. 09:21 • 40 soniya

2571
O'zbekistonning yangi elchisi Bishkekka yetib keldi

BISHKEK, 25-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Saidikrom Niyozxo'jayev Qirg'iziston poytaxtiga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Saidikrom Niyozxo'jayev Bishkekka tayinlanishidan oldin, 2018-yildan buyon O'zbekistonning Qozog'istondagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.  Tajribali diplomat 2024-yil avgust oyida amalga oshirilgan ulkan ishlar va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo'shgan katta hissasi uchun Qozog'iston Prezidentining farmoni bilan II darajali "Dostiq" ordeni bilan taqdirlangan.

Elchi Saidikrom Niyozxo'jayev 59 yoshda. Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tamomlagan. 2015-yilda O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari etib tayinlanguniga qadar Prezident Administratsiyasi va hukumat tuzilmalarida mas'ul lavozimlarda, jumladan, davlat maslahatchisi o'rinbosari, iqtisodiyot vaziri o'rinbosari bo'lib ishlagan.

Saidikrom Niyozxo'jayev 2020-2024-yillarda mamlakatimizning Bishkekdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Xurshid Mirzohidov o'rniga tayinlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish