O'zbekiston vakili ShHT bosh kotibining o'rinbosari etib tayinlandi
Yanvar 05, 2025. 07:26 • 36 soniya
• 2065
TOSHKENT, 5-yanvar. /"Dunyo" AA/. 1-yanvar kuni O'zbekiston vakili Botir Tursunov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi o'rinbosari vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomat 50 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) va O'zbekiston Fanlar akademiyasi I.Mo'minov nomidagi Falsafa va huquq institutini tamomlagan.
2005-yildan TIV tizimida, markaziy apparat va Pekindagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, davlatimiz rahbari huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o'rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.
2023-yildan O'zbekistonning XXRdagi elchixonasi maslahatchi-vakili, ShHT kotibiyati huzuridagi doimiy vakil.
Falsafa fanlari nomzodi, 25 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Rus, ingliz va xitoy tillarini mukammal biladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi