Logo

Diplomatlarimiz Lund va Malmyo shaharlaridagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Dekabr 01, 2025. 18:38 • 47 soniya

269
Diplomatlarimiz Lund va Malmyo shaharlaridagi vatandoshlar bilan uchrashdi

STOKGOLM, 2-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari Shvetsiyaning Lund va Malmyo shaharlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Lund va Malmyo universitetlarida professor, ilmiy tadqiqotchi bo‘lib ishlayotgan vtandoshlar, tibbiyot, muhandislik, sunʼiy intellekt kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan bir guruh hamyurtlarimiz ishtirok etdi.

Muloqotning asosiy mavzusi konsullik-huquqiy masalalar, O‘zbekiston–Shvetsiya o‘rtasidagi fan, taʼlim va innovatsiyalar sohasidagi aloqalarni kengaytirish istiqbollari bo‘ldi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari va tegishli davlat tashkilotlarining Lund universiteti bilan turli loyihalar, jumladan, huquqiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, yashirin iqtisodiyot va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash sohalaridagi ilmiy-tadqiqot aloqalari rivojlanmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish